Bugun, 21-may kuni Hyatt Regency mehmonxonasida Milliy marketing markazi tomonidan taşkil etilgan V «2021-Yil brendi» mukofoti ğoliblarini tantanali taqdirlaş marosim bölib ötdi.
Özbekiston içki bozorida 2021-yildagi muvaffaqiyatli marketing tarğiboti uçun ötgan yil davomida 25 ta nominatsiya böyiça eng faol kompaniyalar iste’molçilar va eksportlar orasida töplangan ovozlar asosida aniqlandi. Onlayn ovoz beriş jarayonida 335 000 ziyod iste’molçi qatnaşdi.
Iste'molçilarning oçiq ovoz beriş natijalariga köra, “CHEVROLET” brendi “Transport” yönalişida katta farq bilan “Yil brendi” nominatsiyasida ğolib deb topildi.
Eslatib ötamiz, iste'molçilar orasida oçiq tarzdagi onlayn ovoz beriş jarayoni @makon_brand_bot telegram bot orqali joriy yilning 10 aprelidan 10 mayiga qadar bölib ötdi.
Brendimiz uçun ovoz berib, bizni qöllab-quvvatlagan har biringizdan minnatdormiz!