Tadbirni ötkazişdan asosiy maqsad, avtomobilsozlik sohasining bölajak yoş kadrlarini işlab çiqariş jarayonlari bilan taniştiriş, yoş avlodni zamonaviy işlab çiqarişdagi turli xil mutaxassisliklarni tanlaş imkoniyatiga ega ekanligiga qiziqtirişdan iborat.
Taşkil etilgan “Oçiq eşiklar kuni” doirasida, Asaka zavodiga 100 dan ortiq mehmonlar taşrif buyurişdi. Tadbir taşkilotçilari mehmonlar orasida keyinçalik işlab çiqarişga mehmon sifatida emas, balki tölaqonli xodim sifatida kelişi mumkin bölganlar qatnaşişiga harakat qilişdi.
Aynan mana şuning uçun ham, Farğona politexnika institutining işlab çiqarişda boşqaruv va “Mexanika-maşinasozlik” fakultetlari talabalari, Andijon şahridagi 11-maktab, Şahrixon viloyatidagi 15-maktabning yuqori sinf öquvçilariga alohida e’tibor qaratildi.
Şunisi e'tiborga loyiqki, köplab professor-öqituvçilar zavodga rejalaştirilgan taşrif haqida eşitib, işlab çiqariş jarayonini öz közlari bilan köriş istagida talaba va maktab öquvçilaridan iborat guruhlarga qöşiliş taklifini bildirişdi. Natijada taşrif buyuruvçilar soni sezilarli darajada oşişi taşkilotçilarni qöşimça guruh uçun turlar jadvalini özgartirişga undadi.
Şubhasiz, kompaniyaning ustuvor yönalişi – har bir xodim va mehmonlarning xavfsizligidir, şu sababli zavodga ekskursiyasi xavfsizlik böyiça brifing bilan boşlandi. Har qanday işlab çiqariş qiziqarli jarayondir, avtomobillarni işlab çiqariş jarayoni esa yanada qiziqarli. Taşrif buyuruvçilar presslaş tsexida bölib, pölat rulolardan turli ştamplaş avtomobil kuzov qismlari qanday işlab çiqariliş jarayoni bilan yaqindan tanişişdi.
Ekskursiya davomida mehmonlar soha mutaxassislaridan özlarini qiziqtirgan savollarga javob olişdi. Şuningdek, taklif etilgan blogerlar yoşlarning avtomobilsozlik sohasiga bölgan qiziqişiga guvoh bölişdi.
Tadbirning yoş iştirokçilaridan biri bloggerlar bilan suhbat davomida, “Işlab çiqariş jarayonini öz közingiz bilan körganingizdan keyin tayyor mahsulotga boşqaça köz bilan qaraysiz, çunki uni işlab çiqariş uçun qança mehnat sarflanganini bilasiz” – dedi u.