Prezident Şavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toşkent şahri Olmazor tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va mahallalarni obodonlaştiriş işlari bilan tanişdi.
2018 yil 15 iyun, Ramazon hayiti kuni Prezidentimiz Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga tamal toşi qöygan edi. bugungi muborak Ramazon kunlarida davlatimiz rahbari uşbu majmuaga yana taşrif buyurdi.
Bu markaz ham mahobati, ham mohiyati jihatidan ulkan loyiha. Uning qurilişi qariyb tört yildirki davom etmoqda. Majmua uç qavatli bölib, qadimiy obidalarimiz şaklida barpo etilgan. Bino markazida ulkan gumbaz, tört tomonida simmetrik peştoqlar qurilgan. bugungi kunda pardozlaş işlari olib borilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev şu işlarni közdan keçirdi. Binoni pardozlaşda qadimiy madrasalarimizdagi belgilar va issiq ranglardan foydalanilmoqda.
Davlatimiz rahbari majmuani çiroyli va sifatli qilib quriş bilan birga mazmuniga alohida e’tibor qaratiş zarurligini ta’kidladi.
– Bugun, muborak Ramazon oyida, juma kunida bu yerga kelişimiz bejiz emas. Bunday uluğ ayyom kunlarida qilingan niyatlar amalga oşadi. Oxirgi yillarda oğir-oğir sinovlardan ötdik. Lekin bu yerda iş töxtagani yöq. Nima uçun buni qurayapmiz? Xalqimizning dunyoqaraşini, ğururini kötariş, qanday buyuk el ekanimizni aşyoviy dalillar bilan namoyon etiş uçun, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Islom sivilizatsiyasi markazi xalqimizning ma’naviy qudratini körsatişi qayd etildi.
– Ötgan yili Qaşqadaryoda “Özbekiston GTL” zavodini oçib, butun dunyoga mamlakatimizning iqtisodiy qudratini körsatdik. Bu markaz xalqimizning ma’naviy va ma’rifiy qudrati timsoli bölib qoladi, – deya ta’kidladi Prezident.
Davlatimiz rahbari devorlardagi ravoqlarning bezak va yozuvlari namunalari bilan tanişdi. Darvozalar tepasiga tinçlik, ilm, odobga çorlovçi oyatlardan yoziş maqsadga muvofiqligini aytdi.
Islom sivilizatsiyasi markazining tarkibiy qismlari töğrisida ma’lumot berildi. Birinçi qavatda muzey ombori, qadimiy qölyozma va osori-atiqalarni saqlaş hamda restavratsiya qiliş xonalari, naşriyot va kitob dökonlari joylaşadi.
Ikkinçi qavat majmuaning asosiy körgazma maydoni böladi. Bu yerdagi Islom tarixi muzeyi 9 ta bölimdan taşkil topadi. Binoning markazida 65 metr balandlikdagi gumbaz ostida Islom olamining durdonasi hisoblangan Usmon muşafi qöyiladi. Bu zal atrofida yana 8 ta – “Islomdan avvalgi davrda Markaziy Osiyo”, “Islomning Markaziy Osiyoga yoyilişi”, “Ta’lim”, “Ilm-fan”, “Me’morçilik va şaharsozlik”, “San’at va badiiy hunarmandçilik”, “An’analar” hamda “Uçinçi Renessans – Yangi Özbekiston” bölimlari joylaşadi.
Şuningdek, bu qavatda 550 kişiga möljallangan konferensiya zali böladi.
Prezidentimiz “Ilm-fan” bölimini közdan keçirdi. Alloma bobolarimiz merosini keng va ta’sirçan tarğib etiş böyiça tavsiyalar berdi.
Davlatimiz rahbari uçinçi qavatga çiqib, kutubxona, Islom akademiyasi ilmiy kafedralari va ma’muriy xonalar namunalarini ham kördi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi Universitet mahallasiga bordi.
Ijtimoiy dasturlarni mahallabay amalga oşiriş – davlatimiz rahbarining eng asosiy talabi. Universitet mahallasida ham iş şunday taşkil etilgan. Fuqarolar yiğini binosi zamonaviy ta’mirlangan. Uylar hovlisi, maydonçalar obod qilinib, içki yöllar beton bilan tekislangan, 700 metr uzunlikdagi velosiped yölaklari qurilgan.
Ma’lumki, ötgan yili noyabrda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilingan edi. Davlatimiz rahbari bu jarayonda daraxt köçatlari ekiş bilan birga mahallalarda işkomli köçalar taşkil qiliş zarurligini aytgan edi. Şunga muvofiq, Universitet mahallasida 750 metr uzunlikdagi işkomlar örnatilib, uzum köçatlari ekilgan. Köp qavatli uylar oldidagi maydonlarga rayhon, namozşomgul kabi gullar yetiştirilmoqda.
Universitet mahallasida 4 ming nafardan ziyod aholi yaşaydi. 19 ta köp qavatli uyning qiyofasi, yölaklari yaxşilandi. Bu yerda 150 örinli xususiy maktab ham bor. Öndan ortiq kiçik biznes korxonasida mahalliy yoşlar va ayollar işlamoqda.
Prezidentimiz mahallada bajarilgan işlarni közdan keçirdi. Mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlaşdi.
– Sizlarni avvalo Ramazon oyi bilan, mahallangiz şunday obod bölgani bilan tabriklayman. Bu salgina harakat qilsa, rahbarlar pastga tuşib işlasa, natija bölişining bir misoli. Ilgari mahallaning nomi bor edi, hokim xuşi kelsa, gaplaşardi. Hozir hamma tizimni mahallada mujassam qilayapmiz. Nima uçun? Har bir oilaga, har bir insonga yetib boriş uçun. Bunday işlar hamma mahallada tezroq bölişini istardim, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Ötgan yili Toşkent şahridagi 579 ta mahallaga 2 milliard sömdan berilgan edi. Bu yil ham yana şunçadan mablağ yönaltirilişi ma’lum qilindi.
Davlatimiz rahbari mahalladagi “Olmazor xolding grand” boşqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan ham tanişdi.
Köp joylarda bölgani kabi Universitet mahallasida ham kommunal xizmat körsatişda muammolar bor edi.
2021 yil 19 iyunda Özbekiston Prezidentining “Köp kvartirali uy-joylarni boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori qabul qilingandi. “Olmazor xolding grand” kompaniyasi uşbu imkoniyatlar natijasida taşkil topdi. Uning ikki qavatli binosida qulay şaroitlar yaratilgan.
Kompaniya 7 mahalladagi 103 ta köp qavatli uyga xizmat körsatadi. Ilgari bu uylarga 27 ta şirkat qaragan. Ularda direktordan boşqa mutaxassis, maxsus texnika bölmagan. Hozir servis kompaniyasida 70 ta doimiy iş örni yaratilgan. Maxsus texnikalar sotib olingan. Kompaniya binosida kommunal xizmatlar böyiça öquv markazi ham oçilgan.
Hisob-kitoblarda billing tizimi yölga qöyilgan. Aholiga qulaylik yaratiş maqsadida «Mening uyim» mobil ilovasi joriy etilgan.
Bundan taşqari, boşqaruv kompaniyasi binosidagi qöşimça xonalar hamda köp qavatli uylarning yertölasida 30 ga yaqin maişiy xizmatlar taşkil etilgan. Prezidentimiz uşbu şoxobçalarni ham kirib kördi.
Şu yerda Toşkent şahri tumanlarida taşkil etiladigan boşqaruv servis kompaniyalari böyiça taqdimot ötkazildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi 102-sonli zaif eşituvçi bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatni borib kördi.
Mazkur ta’lim muassasasi 1966 yilda taşkil etilgan bölib, 2016 yilda kapital ta’mirlangan. Ayni paytda bu yerda 221 nafar öquvçi tarbiyalanmoqda. Ularga oliy ma’lumotli defektolog va tarbiyaçilar saboq bermoqda. Ötgan yili 21 nafar bitiruvçidan 3 nafari oliy ta’lim muassasalariga öqişga kirgan.
Maktab-internatda 4 ta öquv binosi, 280 örinli yotoqxona, oşxona, kutubxona, sport zali, faollar zali mavjud.
Davlat rahbari öqituvçilar bilan suhbatlaşdi. Tarbiyalanuvçilarning maşğulot jarayonlarini közdan keçirdi.
Toşkent şahar hokimligiga maktab-internatning oşxonasi va texnologiya xonalarini ta’mirlaş, sport kompleksi va işlab çiqariş ustaxonasi taşkil etiş böyiça topşiriq berdi.
Xalq ta’limi vazirligiga “Zamin” jamğarmasi bilan birga 2 ming 600 dan ziyod zaif eşituvçi bolalarni tibbiy tekşiruvdan ötkazib, ularni eşitiş moslamalari bilan ta’minlaş, eşitiş qobiliyati tiklangan bolalarni bosqiçma-bosqiç umumta’lim maktablariga ötkaziş vazifasi qöyildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev sözining avvalida Qur’oni karimning “Rahmon” surasidagi “Yaxşilikning mukofoti faqat yaxşilikdir”, degan oyatni yodga oldi.
Keksalarga hurmat, muhtojlarga mehr-muruvvat körsatiş xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Pandemiya davrida “Saxovat va kömak” umumxalq harakati keng tarqalib, elimiz ehtiyojmandlarga beğaraz yordam bergani, qiyinçilik va sinovlarni bahamjihat yengib ötgani buning yorqin misoli böldi.
Inson qadrini uluğlaş, mehr va yordamga muhtoj aholini qöllab-quvvatlaş – davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yönalişi. Bu borada juda köp xayrli işlar qilinmoqda.
Ötgan yili 25 martda qabul qilingan Prezident farmoni asosida keksalar va nogironligi bölgan şaxslarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarini yaxşilaş çoralari körildi. Jumladan, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligi taşkil etilib, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, faxriylar sanatoriy va pansionatlari, boşqa qator tibbiy-ijtimoiy muassasalar uning tasarrufiga ötkazildi.
“Saxovat”, “Muruvvat” uylari, Respublika faxriylar pansionatining rahbar va şifokorlari iş haqi 1,5 barobarga, kiçik va örta tibbiyot xodimlari iş haqi 2 barobarga oşirildi.
Uşbu internat uylarda yaşovçi 9 ming 400 nafar keksalar va nogironligi bölgan şaxslar hamda 18 ming nafar yolğiz fuqarolar tibbiy körikdan ötkazildi.
“Zamin” jamğarmasi bilan hamkorlikda zaif eşituvçi 2 mingdan ziyod bolalar raqamli eşitiş moslamalari bilan ta’minlandi, 11 ta ixtisoslaşgan maktab-internat yordamçi tovuş-nutq vositalari bilan jihozlandi. Nogironligi bölgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari, 1 ming 100 nafar şaxs pultli aravaçalar bilan ta’minlandi.
Yiğilişda viloyat hokimlari öz hududidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarga borib, u yerdagi ahvolni öz közi bilan körgani, muammolarni örgangani haqida axborot berdi.
Jumladan, 12 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uyida qöşimça bino, 7 tasida yotoqxona, oşxona, tibbiyot bölimi, sport zali quriş, 21 tasida binolar va isitiş-sovutiş tizimini ta’mirlaş zarurligi qayd etildi. Şuningdek, 6 ta “Mehribonlik uyi”, imkoniyati çeklangan bolalarga ixtisoslaşgan 11 ta maktab-internat ta’mirga muhtoj.
Prezident mutasaddilarga barça tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvolini yana bir bor çuqur örganib, zarur quriliş va ta’mirlaş işlarini qamrab olgan holda 2022-2024 yillarga möljallangan hukumat qarori loyihasini tayyorlaşni vazifa qilib qöydi.
Bunday muassasalardagi keksalar, nogironligi bölgan bolalar va şaxslarni töliq tibbiy körikdan ötkazib, ularni manzilli davolaniş va dam olişga yönaltiriş böyiça topşiriq berildi.
Ota-ona qaramoğidan mahrum köplab bolalar oilalarga qaytayotgani, 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar şaharçasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani sababli yopilgani qayd etildi.
– Bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani xalqimizning yuksak ma’naviyati, iymon-insofini körsatib turibdi. Lekin, mamlakatimizda umuman yetimlar bölmasa, qanday yaxşi bölar edi. Şuning uçun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka beriş çoralarini köriş lozim, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Tibbiy-ijtimoiy muassasalar direktorlari sözga çiqib, taklif va mulohazalarini bildirdi.
Yiğilişda mahallalarni ozoda va yaşil makonga aylantiriş, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni köpaytiriş vazifalari ham belgilandi.