UzAuto Italiyaning Turin politexnika universiteti...
Taşrif doirasida “Özavtosanoat” AJ boşqaruv raisi Şavkat Umurzoqov Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamşid Inoyatxöjayev va Andijon maşinasozlik instituti rektori Umid Turdaliyev bilan hamda Italiyaning Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko iştirokida bir qator samarali muhokamalar va uçraşuvlar ötkazdi:
Muzokaralar davomida 2023 yilda Toşkentda Italiyalik hamkorlar kömagida “Şahar infrastrukturasida avtomobil intellektual tizimlarini örganiş uçun laboratoriya” taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi. Delegatsiyaga yangi işlanmalar taqdim etildi.
Şuningdek, rasmiy uçraşuv davomida delegatsiya vakillari Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda Özbekistonda avtomobilsozlik va maşinasozlik sohasida mutaxassislar tayyorlaş uçun ta’lim muassasalarini taşkil etiş töğrisida muzokaralar olib borişdi.
Xususan, “Sanoat işlab çiqariş texnologiyalari” (Industrial manufacturing technologies) kasb-hunar ta’limining yangi yönalişini oçiş böyiça kelişuvga erişildi. Unga Italiyaning professor-öqituvçilari va mutaxassislari jalb etiladi. Uşbu ta’lim dasturi 2022-2023 öquv yilidan boşlab Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Uşbu ta’lim dasturida 150 nafar talaba qabul qilinadi. 2023-2024 öquv yilidan boşlab Andijon maşinasozlik institutida yangi ta’lim dasturi joriy etiladi. Umuman olganda, 2026-yilgaça “Sanoat işlab çiqariş texnologiyalari” dasturi böyiça talabalar sonini 10 ming nafarga yetkaziş közda tutilgan.
Talabalar amaliy maşğulotlarining öquv rejasi bevosita sanoat va işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlikda işlab çiqiladi. Natijada bitiruvçilar öqişni tamomlagandan söng, iş joyida işlatişi mumkin bölgan kasbiy könikmalarga ega böladilar.
Ma’lumot uçun: “Sanoat işlab çiqariş texnologiyalari” öquv dasturi rivojlangan Yevropa davlatlarining ta’lim standartlari asosida işlab çiqilgan bölib, “Sanoat 4.0” (Törtinçi sanoat inqilobi) raqamli texnologiyalari, ilğor avtomatlaştiriş va “Ekonom işlab çiqariş” falsafasiga asoslangan kompaniyalarda işlaş uçun texnik könikmalarni şakllantirişga qaratilgan.
Yönaliş böyiça ta’lim 3 öquv yili davom etib, uning uçdan bir qismi nazariy bilimlarga, qolgan qismi esa işlab çiqarişni taşkil etiş sohasidagi eng yuqori kasbiy amaliy bilim va könikmalarga, şuningdek, laboratoriya maşğulotlari asosida mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan.
Bundan taşqari, taşrif dasturiga Italiyaning eng yirik metrologik va robot uskunalarini işlab çiqariş kompaniyasining Turindagi "Hexagon»ga taşrifi ham kiritilgan. Vakillar bilan bölib ötgan uçraşuv natijasida Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti qoşida “Kompetensiya markazi” va “Yangi metrologik texnologiyalar laboratoriyasi” doimiy vakolatxonasining oçilişi töğrisida kelişib olindi. Şuningdek, uşbu kompaniyaning Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlaridagi vakolatxonasi orqali xizmatlar körsatişni taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.
Italiyalik hamkorlar barça erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş uçun 5 yillik strategik hamkorlik loyihasini işlab çiqadi, uni amalga oşiriş uçun Turin politexnika universiteti rektori Guido Sarakko boşçiligidagi işçi guruh a’zolari yaqin kunlarda Toşkentga kelişi kutilmoqda.