Joriy yilning may oyida Sirdaryolik qişloq xöjaligi sohasi vakillari va fermerlar taklifi bilan Sirdaryo tumanida demo-seminar taşkil etildi. 150 nafardan ziyod klaster vakillari va fermer xöjaliklari iştirokidagi uçraşuv kötarinki ruhda, iştirokçilar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarga boy tarzda ötdi.
Seminar davomida “Agrotech Klaster”da işlab çiqarilgan TAT DF-904 traktorlari çizil kultivator hamda TAT DF903 traktoriga paxtaçilik kultivatorlari bilan agregatlangan holda sinovdan ötkazildi. Unda iştirokçilar traktorlarni haydab, sinab köriş imkoniyatiga ega böldilar. Şu bilan birga, mijozlarga mazkur qişloq xöjaligi texnikalariga Servis va xizmat körsatiş dilerlik markazlari töğrisida batafsil ma’lumotlar berildi.
Kultivatorlarga qöşimça sifatida naralniklar örnatilgan holda yerga işlov berilganda traktor heç qanday qiyinçliklarsiz agregatni torta olişi qatnaşçilar diqqatiga sazovor böldi. Boisi, ayni işlov beriş orqali yerning nam qismigaça çuqurlikka yetib borişga erişiladi, bu esa ekin yetiştiriş davrida kamroq suv işlatiş imkonini beradi.
Fermerlarning sözlariga köra, mazkur traktorlardagi gidrotizim yoğini saqlaş bakining alohida ekani, dvigatel hamda dvigatelga yoqilgi uzatiş tizimining oddiyligi, kabinada barça şaroitlarning mavjudligi, şuningdek, mijozlar uçun qulaylik yaratiş maqsadida taşkil etilgan tezkor servis xizmat körsatiş tizimi uşbu traktorning ommalaşuvidagi asosiy omillardir .
Tadbir yakunida 50 nafarga yaqin fermerlar tomonidan 80 dona qişloq höjaligi texnikasini yetkazib beriş böyiça buyurtmalar qabul qilib olindi.
Eslatib ötamiz, texnika xaridi uçun 15% subsidiya mavjud. Bundan taşqari kredit va lizing stavkasi uçun ham 10% dan yuqori punktini qoplaş böyiça subsidiya olişingiz mumkin!