Turbo dvigatellarda siqilgan gaz energiyasidan foydalaniladi, Turbo dvigatellar çiqindi gazlarining energiyasidan foydalanadilar, dvigatelga qöşimça ravişda yonilği aralaşmasining yonişi uçun zarur bölgan havoni puflaydi. Bu dvigatel quvvatini oşirib, yonilği sarfini kamaytiradi. Turbo dvigatel yanada tejamkor va ekologik toza. Şu sabab oddiy dvigatellardan farqli ölaroq, kiçik turbokompressor katta quvvatga ega. Turbo dvigatellar işlab çiqariş juda murakkab şu bilan birga va samarali işlaşi uçun qimmat materiallarni talab qiladi. Şuning uçun ham turbo dvigatel uçun yuqori oktanli yoqilği va yuqori sifatli motor moyi kerak. Turbo dvigatellar alohida e’tibor talab qiladi, ularda xizmat körsatiş qimmatroq.
TURBO DVIGATEL QAÇON PAYDO BÖLDI?
1905-yilda şvetsariyalik muhandis Alfred Byuçi birinçi bor quvvatni 120% oşiriş imkonini beradigan çiqindi gazlar yordamida havo pompalanadigan mexanizmni yaratdi. Bu voqea texnologiyalar hayotida turbonaduvning bosqiçma-bosqiç rivojlanişi va hayotga tadbiq etilişiga asos böldi.
QAÇON VA QAYERDA TURBOTEXNOLOGIYALARDAN AVTOMOBILSOZLIKDA OMMAVIY FOYDALANILA BOŞLANDI?
1962-yilda Amerika bozorlarida birinçi ommaviy işlab çiqarilgan turbina bilan jihozlangan yengil avtomobil Chevrolet Corvair Monza bölgan. 70 yillarda Sport avtomobillari qisman Formula 1 da turbo dvigatellardan foydalanila boşlanganda turbokompressorlarning sezilarli ösişidagi maşhurlikni olib keldi. “Turbo” pristavka modaga kira boşladi. 1977-yilda turbokompressorlar rivojlanişining yangi bosqiçi Saab 99 Turbo avtomobillari işlab çiqarilişi böldi. Va undan keyin 1978-yilda işlab çiqarilgan dizel turbo dvigatelli Mercedes-Benz 300 SD.
“UZAUTO MOTORS” AVTOMOBIL MODELLARI QATORIDA QANDAY TURBO DVIGATELLAR BOR?
Hozirgi paytda “UzAuto Motors” ba’zi bir avtomobil modellariga bir qança turbo dvigatellar örnatmoqda. 1.5 L turbo dvigatel bilan Chevrolet Malibu aralaş siklda yoqilği sarfi 100 km uçun 6/9 litrga 166 ot kuçi quvvatini beradi. Malibu 2 L turbo dvigatel modifikatsiyasi ham bor. 100 km uçun 8,5 litrni taşkil qilgan holda 253 ot kuçi quvvatini beradi.
Chevrolet Traker 2 avtomobilida 1L turbo dvigatel modikatsiyasi mavjud. Uşbu uç silindrli “kiçkintoy” aralaş siklda yoqilği sarfi 100 km uçun 5.5 L bilan 125 ot kuçi quvvatini beradi.
TURBO DVIGATELLARNING KELAJAGI QANDAY?
Turbo dvigatellar takomillaşib rivojlanişda davom etmoqda va barça kontingentlardagi avtomobil işlab çiqaruvçilarning yangi modellar qatorini egallamoqda. Avvaliga ular Yevropa yöllarini zabt etişdi. Yaponiya içki bozorlarida ançadan buyon ommaviy işlab çiqarilmoqda. Sönggi vaqtlarda Xitoy ommaviy tarzda turbo dvigatellarga ötmoqda.