Yozning issiq kunida kuzatilayotgan (havo haroratining me’yoridan ortiq) anomal isişi avtomobil egalaridan özlariga şu bilan birga avtomobillariga ehtiyot bölişlari hamda ğamxörlik qilişlarini talab qiladi.
Töğridan-töğri quyoş nurlari ostida bölgan avtomobilda harorat 100 darajagaça kötarilişi mumkin. Yuqori darajali harorat va quyoşning ultrabinafşa nurlaridan avtomobil oynasining muhrlari, fara va çiroqlarning qopqoqlari, asboblar paneli, içki qoplamalar, taşqi qoplamaning plastik qismlari qiziydi, xiralaşadi, yoriladi va buziladi.
Bunday noxuşliklarning oldini oliş hamda avtomobilni quyoş nuridan himoya qiliş uçun qanday körsatma va tavsiyalarga rioya qiliş kerak?
ÖZINGIZ VA YAQINLARINGIZNI JAZIRAMADAN ASRANG!
Eng avvalo, haddan taşqari qizib ketgan avtomobilda özingiz va yölovçilarni uzoq vaqt qolib ketişiga yöl qöymang. Avtomobilga ötirişingiz zahoti uni harakatlantirişga şoşilmang – yaxşisi, oynalarni oçing va dvigatelni işga tuşirib, bir neça daqiqa kutib turing. Mazkur qoida, ayniqsa, töq rangli avtomobil egalari uçun juda muhimdir!
UNUTMANG!
Jaziramada avtomobil saloni bir neça daqiqa içida nihoyatda yuqori haroratgaça qiziydi.
Fojiali hodisaning oldini oliş uçun heç qaçon bolalar, qariyalar va hayvonlarni avtomobil salonida, hatto oynalari oçiq bölgan taqdirda ham qarovsiz qoldirmang.
Yaqinlaringizni asrang!
AVTOMOBILNI TÖĞRIDAN-TÖĞRI TUŞADIGAN QUYOŞ NURIDAN HIMOYA QILING!
Tabiiyki, eng yaxşi yöl bu – avtomobilni yopiq avtoturargohlarda yoki soya joyda qoldirişdir. Ammo hamma ham bunday imkoniyatga ega emas, albatta.
Bunday vaziyatda old oyna uçun quyoşdan himoyalovçi ekran sotib oling (himoyalovçi ekran bozorlarda 10 000 söm turadi) va iloji boriça oynalarni yoping: bu çoralarning barçasi salonning qizib ketişining oldini oladi, uning plastik va rezina elementlarini deformatsiyadan himoyalaydi.
Agar, siz maşinangizni uzoq vaqt köçada qoldiradigan bölsangiz – unda avomobilning maxsus çexolini sotib oling, u sizga yozin qişin xizmat qiladi. Keltirib ötilgan vositalar bölmagan taqdirda, avtomobilni quyoşga teskari, old va yon oynalariga quyoş nuri tuşmaydigan qilib qöying.
Avtomobilning quyoş nurida köp qolib ketişi, haqiqiy ranggining yöqolişiga sabab böladi.
AVTOMOBILINGIZ SUYUQLIK DARAJASINI KUZATIB BORING!
Bu oyna tozalovçi, moy, freon va boşqa şu kabi suyuqliklarga taalluqli. Yozda dvigatel nagruskasi haddan taşqari ortadi va uni yetarli miqdorda motor moyi bilan ta'minlaş nihoyatda muhim. Yozning issiq kunlarida avtomobildan intensiv foydalaniş bilan yoğni tez-tez almaştiriş kerakligini unutmagan holda, uni vaqti-vaqti bilan bajarişga harakat qiling. Radiatorga disterlangan suv emas maxsus antifriz quyiş kerakligini yodda tuting. Yoz mavsumida tormoz suyuqligini muntazam ravişda özgartirib turing, şu bilan birga sizga taqdim etilgan servis kitobidagi tavsiyalarga amal qiling.
YOQILĞINI TÖLA TÖLDIRMANG!
Haddan taşqari issiqda, yonilğini yoqilği baki tölgunça töldirmang. Harorat kötarilganda yoqilği kengayib, bakdan tökilişi mumkin. Tökilgan yoqilği avtomobil ranggiga yoki korpusning korroziyaga qarşi himoya qiliş (antikorozyon) qoplamalariga zarar yetkazişi mumkin. Bundan taşqari, oqqib tökilgan yoqilği atrof-muhitga zarar yetkadi va hattoki, yoqilği yonib ketişi ham mumkin.
ŞINALARNI TÖĞRI TANLANG.
Qişki şinalarni yozgisi almaştiring. Asfaltning issiğida ular yemirilib, yölda harakatlaniş uçun tavsiya qilinmaydi. Yozgi şinalarning qattiqligining xususiyatlari bor. Çunki issiq havo haroratida rezinalar yumşaşi mumkin. Şuni unutmangki, judayam yuqori haroratda aspfalt qizib yumşaydi. Yozgi şinalar xavfsiz tozmorlaş uçun maxsus protektorga ega bölib, yölda suvdan himoya qiliş va yoqilğini tejaş imkonini beradi.
ZINHOR BUYUMLARNI AVTOMOBILDA QOLDIRMANG!
Yoz mavsumida avtomobilingiz salonida gazli içimliklar, tibbiy buyumlar va dori vositalar, şuningdek, quyoşdan himoyalovçi kremlar, közoynaklar, tur xildagi suyuqliklar hamda balonçiklarni, ayniqsa elektron qurilmalarni saqlamang. Yozning jazirama issiğida avtomobil salonida qoldirilgan eng oddiy buyum ham xavfli hisoblanadi.
QUYOŞ NURIDAN KÖZINGIZNI ASRANG!
Quyoş nuri haydovçini köriş qobiliyatini pasaytirib, bir neça soniyalar içida yölda noxuş hodisani keltirib çiqarişi mumkin. Şu sababli, sizga quyoşdan saqlovçi közoynaklarni tavsiya qilamiz. Ular yöl-transport hodisasi sodir etilişining oldini oladi.
