“Uzavtosanoat” va “UzAuto Motors” kompaniyalari АС...
2022-yil avgust oyida “Uzavtosanoat” AJ va “UzAuto Motors” AJ ACCAning akkreditatsiyadan ötgan iş beruvçi maqomini oldi va hamkoriga aylandi. Uşbu maqom kompaniyaning MHXS (Moliya hisobotlari xalqaro standartlari)ga muvofiq moliya, tahlil va buxgalteriya hisobi sohasidagi mutaxassislarini rivojlantirişga qaratilgan sa’y-harakatlari va investitsiyalarini namoyiş etadi.
Ayni paytda “Uzavtosanoat” tuzilmasi korxonalarida ACCA, CFA, CFI, CMA, CGMA va CPA kabi xalqaro dasturlar doirasida moliya mutaxassislari malakasini oşiriş dasturi mavjud. Yetakçi xalqaro dasturlar böyiça öqitiş va sertifikatlaş imtihonlariga tayyorgarlik köriş hamda topşiriş uçun xodimlarga 9 kungaça haq tölanadigan taʼtillar taqdim etilgan holda kompaniyalar hisobidan amalga oşiriladi.
Hozirda “Uzavtosanoat”ning 40ga yaqin xodimlari ACCA malaka oşiriş jarayonida imtihondan ötişmoqda. Şuningdek, soha rahbariyatining qöllab-quvvatlaşi tufayli, MHXSga ötiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi hukumat qarorlariga (2020-yil 24-fevraldagi PQ 4611-sonli) muvofiq “Uzavtosanoat” va “UzAuto Motors” kompaniyasi tegişli me’yoriy hujjatlarni tayyorlaşga hamda moliyaviy mutaxassislar uçun tizimli treninglar ötkaziş uçun ruxsat olişga muvaffaq böldi.
Olingan bilim va malakalar moliyaviy mutaxassislarga kompaniyaning iqtisodiy barqarorligi uçun zarur bölgan MHXS böyiça buxgalteriya hisobi va hisoboti, moliyaviy tahlil va nazorat, şuningdek, korporativ boşqaruv sohasidagi xalqaro standartlarni malakali joriy etişga yordam beradi.
Egallangan könikmalarni qöllaşga misol tariqasida “Uzavtosanoat” AJda MXHSni joriy etiş bölimi tomonidan “Wisdom Advisory” MÇJ kömagida 2019-2020-yillar uçun holding konsolidatsiyalangan moliyaviy hisoboti tayyorlaganini keltiriş mumkin. Bu esa NAS standartlaridan MHXSga köproq hisobotlarga ötişni talab qildi va tarmoqning 40dan ortiq tarkibiy korxonalari “Deloitte & Touçe” MÇJdan auditorlik xulosasini olişga muvaffaq böldi. Şu bilan birga, 2021-yil uçun hisobot içki resurslar tomonidan tayyorlandi, bu kompaniyaga uçinçi tomon maslahatçilari xizmatlari uçun katta xarajatlardan qoçiş imkonini berdi. Uşbu misol taşkilotlar uçun xodimlarni rivojlantirişga sarmoya kiritiş uçun rağbat bölişi kerak.
Bundan taşqari, “UzAuto Motors” AJ SAP tizimida MXHS asosidagi buxgalteriya hisobiga ötiş yölida, şuningdek, qimmatli qoğozlarni respublika va xalqaro fond birjalarida (IPO) dastlabki joylaştirişga faol tayyorgarlik körmoqda.
ACCA tomonidan tasdiqlangan iş beruvçi maqomi “Uzavtosanoat” AJ xodimlarining salohiyatini rivojlantirişning muhimligini tuşunişini va ularning malakasini oşiriş hamda kasb könikmalarini östiriş uçun keng imkoniyatlar yaratib berişini tasdiqlaydi. Kompaniya hozirda xodimlarni rivojlantirişdan, şuningdek, moliya va MHXS sohasida ösişni xohlaydigan intiluvçan va iqtidorli mutaxassislarni jalb qilişdan manfaatdor.