Volkswagen konserni Özbekistondagi faoliyatini ken...
Taşrif doirasida Özbekistonda Volkswagen va Skoda avtomobillarini işlab çiqariş böyiça hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Loyiha “Jizzax avtomobil zavodi” bazasida mahsulot turlarini kengaytiriş orqali amalga oşiriladi.
Surat Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati tomonidan olingan
Muzokaralar davomida janob Ştefan Meça Volkswagen avtomobil konserni va Germaniya hukumati Özbekiston bilan qöşma loyihalardan nihoyatda manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Bu nafaqat avtomobilsozlik sanoatiga, balki Özbekistonga texnologiyalarni rivojlantiriş, kadrlar tayyorlaş, dual ta’lim va soha uçun muhim boşqa yönalişlar böyiça loyihalarni amalga oşirişga ham taalluqlidir.
Eslatib ötamiz, 2020-yilda “Özavtosanoat” AJ va “Volkswagen Group Rus” konserni örtasida “Jizzax avtomobil zavodi” MÇJda Volkswagen va Škoda avtomobillarini işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça hamkorlik töğrisida Bitim imzolangan edi. Ayni paytda Özbekistonda Volkswagen Caddy va Škoda Kodiaq avtomobillari namoyiş etilmoqda.