"Korrupsiyasiz jamiyat – barqaror kelajak! şiori o...
Joriy yilning 6-dekabr kuni “Özavtosanoat” AJda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarşi kuraşiş kuni munosabati bilan “Oçiq eşiklar kuni” tadbiri bölib ötdi.
Unda Özbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi, Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi vakillari va tinglovçilari, şuningdek, Toşkent davlat yuridik universiteti, Turin politexnika universiteti va Toşkent şahridagi Amity universiteti talabalari iştirok etdilar.
“Özavtosanoat” AJ boşqaruv raisi örinbosari F. Törayev korrupsiyaning oldini oliş har bir fuqaro va taşkilotning burçi hisoblanişini ta’kidladi.
Tadbirda iştirok etgan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi vakili “Özavtosanoat” AJning komplayens tizimi natijalari hamda jamiyatning nafaqat Agentlik reytinglarida balki nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti tomonidan ötkazilgan monitoring natijalari böyiça ham ijobiy baholanganini alohida e'tirof etib ötdi.
Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi vakili esa Korrupsiyaga qarşi kuraşiş jarayonida muhim örin egallagan "Manfaatlar töqnaşuvi" töğrisidagi Özbekiston Respublikasi qonunining asosiy jabhalari va tadbiq etiş mexanizmlari haqida söz yuritdi.
Bundan taşqari, Komplayens xizmati rahbari A.Odilov “Özavtosanoat” AJ tizimida joriy yilning ötgan davri davomida korrupsiyaga qarşi kuraşiş, keng qamrovli xavflarni monitoring qiliş va aniqlaş böyiça Komplayens, işlab çiqariş va moliyaviy xavflarni monitoring qiliş departamenti tomonidan olib borilgan qator tizimli va samarali işlar xususida töxtalib ötdi.
Unga köra, sönggi 9 oyda komplayens tizimi tomonidan erişilgan samaradorlik hajmi 2,3 trln. sömni taşkil qilgan bölib, bu natija tizim ahamiyatini yana bir bor isbotladi.
Şuningdek, jamiyatda samarali komplayens tizimi faoliyati va uning samaradorligini ta’minlab borişdagi ijobiy natijalarda komplayens jamoasi örni yuqori ekani ta’kidlandi.
Tadbir oçiq va samimiy ruhda ötdi. Muloqot yakunida barça iştirokçilar özlarini qiziqtirgan köplab savollarga javob oldilar.
Ma’lumot örnida, 2023-yilda Davlat idoralarining korrupsiyaga qarşi kuraşişdagi faoliyati samaradorligi reytingida "Özavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati 82 ball bilan “yaxşi” natijani qayd etgan.