Avtomobil sanoati har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim sohalardan biri hisoblanadi va dilerlik tizimi uşbu soha rivojlanişida asosiy örinni egallaydi. Dilerlik tizimi orqali işlab çiqaruvçi va iste’molçi örtasidagi moliyaviy munosabatlar tartibga solinadi, şuningdek, bu munosabatlar qonun ustuvorligi, şaffoflik va javobgarlikka asoslanişi kerak. Bunday tizimning samarali işlaşi, öz navbatida, korrupsiyaga qarşi kuraşişda ham muhim rol öynaydi, çunki korrupsiyaga qarşi kuraş jamiyatning adolatli va şaffof taraqqiyotini ta’minlaşga xizmat qiladi.
Bu borada, Namangan şahrida faoliyat körsatuvçi “Döstlik avtotexxizmat” MÇJ rahbari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, aynan şu korrupsiyaga qarşi kuraş masalasiga aloqador jiddiy muammolardan biri hisoblanadi.
Uşbu iş orqali mansabdor şaxslar tomonidan öz xizmat vakolatlarini suiste’mol qiliş, moliyaviy mablağlarni talon-toroj qiliş kabi jinoyatlar natijasida yuzaga kelgan holatlar yana bir bor foş böldi. Bu holatlar esa jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlaş va korrupsiyaga qarşi kuraşiş zarurligini yana bir bor körsatib berdi.
Ta’kidlaş joizki, 2022 yil 25 noyabrda Jinoyat işlari böyiça Mingbuloq tuman sudida jinoiy iş böyiça çiqarilgan hukm, nafaqat jinoyat va jazo siyosatiga, balki adolat tamoyillariga ham sodiqligini namoyon etdi.
Sud jarayonida örganilgan ma’lumotlarga köra, “Döstlik avtotexxizmat” MÇJ rahbari, özining vakolatlaridan foydalangan holda, moliyaviy qonunbuzarliklarni sodir etgan. 2020 yilda “UzAuto Motors” AJ aksiyasi doirasida avtomobillarni fuqarolarga sotib, tölovlarning katta qismini öz manfaatlari yölida işlatgan. Garovdagi avtomobillarni sotiş uçun hujjatlarni qalbakilaştirib, ularning qonuniy hujjatlarini taqiqdan çiqargan. Şuningdek, u bankdan olingan 14,6 milliard söm kredit mablağlarini ham maqsadli sarflamasdan, şaxsiy ehtiyojlar uçun işlatib yuborgan. Natijada, 16 milliard sömdan ortiq moliyaviy zarar keltirilgan. Sud, jamiyat rahbariga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 228-moddasi 2-qismi «a» bandiga asosan, unga bazaviy hisoblaş miqdorining 105 baravariga teng jarima tayinladi. Şuningdek, zararlarni qoplaşni ta’minlaş uçun tölangan mablağlar tegişli taşkilotlarga yönaltirdi.
Jamoatçilikka oçiq va şaffof tarzda ötkazilgan sud jarayonida ayblanuvçi qilgan harakatlaridan puşaymon bölgani va yetkazilgan zarar töliq qoplanişini ta’kidlab, öz aybini tan olgan bölsada, qilmişlari uçun javobgarlikdan qutulişiga sabab bölmadi.
Mazkur iş korrupsiyaga qarşi kuraşda nafaqat jazoning muqarrarligini ta’minlaş, balki huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan islohotlarni davom ettiriş zarurligini körsatadi. Şu sababli, har bir fuqaro va mansabdor şaxs qonun oldida mas’uliyatli bölişi, şaffoflik va adolat tamoyillariga rioya qilişi lozim. Yuqoridagilardan kelib çiqib aytiş mumkinki, korrupsiyaga qarşi kuraşda jamiyatning barça qatlamlari birgalikda harakat qilişi zarur. Bu kabi işlar adolatning ğalaba qilişi va kelajakda bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.