“GM Uzbekistan” AJda axborot kommunikatsiya texnol...
2017 yilning 23 yanvar kuni Toşkent şahrida “GM Uzbekistan” AJ, “UZINFOCOM” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantiriş va joriy etiş markazi, Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toşkent şahridagi Inha universiteti örtasida özaro anglaşuv töğrisidagi Memorandumi imzolandi.
Memorandum eng avvalo “GM Uzbekistan” AJ faoliyatida joriy etilgan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantiriş masalalaridagi hamkorlikni, avtomobil sotuvi hamda sotuvdan keyingi xizmat körsatiş bilan boğliq, şuningdek, aholi va tadbirkorlik sub'yektlari uçun interaktiv onlayn-xizmatlarni joriy etiş böyiça loyihalarni amalga oşirişni nazarda tutadi.
Mazkur hamkorlik “GM Uzbekistan”ga innovatsion yeçimlarni tatbiq etiş orqali taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş hamda mijozlarga xizmat körsatişdagi mavjud bölgan muammolarni bartaraf etiş imkonini beradi.