“Özavtosanoat” AK tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarning işçi - xodimlari örtasida sport turlari böyiça spartakiadalar va Kubok musobaqalari an’anaviy tarzda taşkil etilib kelinadi. 14-yanvar-“Vatan himoyaçilari kuni” munosabati bilan kompaniya tizimidagi korxonalar örtasida sportning mini-futbol turi böyiça “Vatan himoyaçilari Kubogi” Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetining yopiq sport majmuasida ötkazildi. Final uçraşuvlarida “Özavtosanoat” AK jamoasi bilan Oçiq turdagi Toşkent viloyati hududiy aksiyadorlik jamiyati (TTAO) öyinçilari maydonda öz imkoniyatlarini sinab körişdi.
“Vatan himoyaçilari” Kubogi musobaqalarining yakuniy natijalariga köra eng köp oçko töplagan Oçiq turdagi Toşkent viloyati hududiy aksiyadorlik jamiyati jamoasi birinçi örinni qölga kiritgan bölsa, “Özavtosanoat” AK vakillari ikkinçi öringa loyiq deb topildi. “General Motors Powertrain Uzbekistan” qöşma korxonasi jamoasi esa uçinçi örin bilan kifoyalandi. Bahslardan söng, taşkil etilgan taqdirlaş marosimida nafaqat ğolib jamoalar, balki mini-futbol bahslari davomida özini körsata olgan mahoratli iştirokçilar ham “Eng yaxşi darvozabon”, “Eng yaxşi himoyaçi”, “Eng yaxşi hujumçi” kabi köplab nominatsiyalar böyiça ğolib deb topilib, ularga diplom va qimmatbaho sovğalar topşirildi.