UzAuto Motors'ga 1 700 nafar xodim işga qabul qili...
UzAuto Motors kompaniyasi uzautojobs.uz platformasi orqali eʼlon qilgan vakant lavozimlar böyiça oçiq tanlovga 10 000 nafarga yaqin nomzod iştirok etdi. Natijada oçiq tanlov asosida 1 700 nafardan ortiq fuqaro asaka avtomobil zavodiga işga qabul qilindi.
Andijon viloyati mamlakatimizdagi hududi jihatidan eng kiçik, aholisi ziç yaşaydigan viloyat hisoblanadi. Viloyat respublika hududining 1 foizini, aholisi esa qariyb 10 foizini taşkil etadi. Şunday bölsada, viloyatda joylaşgan işlab çiqariş sanoat korxonalari mamlakat iqtisodiyotida yetakçi örinlarni egallaydi. Xususan, UzAuto Motors kompaniyasi Asaka avtomobil zavodi viloyatning yirik iş beruvçisi hisoblanib, ayni paytda kompaniyada 12 000 nafardan ortiq xodimni iş bilan ta’minlaşga erişgan.
UzAuto Motors kompaniyasi 2023-yilda avtomobil işlab çiqariş hajmini 400 ming dona avtomobilga yetkazişni rejalaştirgan. Uşbu maqsadlarga erişiş uçun professional kadrlar tarkibini şakllantiriş ustuvor vazifalardan biridir. Kompaniya vakant lavozimlarni eng munosib nomzodlar bilan töldiriş maqsadida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş, munosib va qobiliyatli şaxslarni işga qabul qiliş uçun qabul jarayonlarini takomillaştirib, mustaqil tanlov jarayonlarini ötkazdi. Oçiq tanlov bir neça bosqiçlardan iborat bölib, vakant lavozimlarga Andijon, Farğona, Namangan viloyatlaridan jami 10 000 nafarga yaqin nomzodning arizalari elektron tarzda qabul qilindi.
Nomzodlar kompaniya tomonidan belgilangan malaka talablari asosida saralanib, bilim va könikmalari test sinovlari, jismoniy va amaliy tayyorgarliklari hamda suhbat ötkaziş orqali baholandi.
Tanlov natijasida 1 700 nafar munosib nomzodlar turli lavozimlarga işga taklif etildi.
"Yoşlarning qobiliyati, qiziqişi, salohiyatidan kеlib çiqib, korxonadagi böş iş örinlari uçun saralaş işlari olib borilmoqda. Tanlov natijalariga asosan, yetarli bilim va könikmaga ega bölgan malakali mutaxassislar hamda iqtidorli yoş kadrlarni haq tölanadigan stajirovkaga jalb qiliş tizimi yölga qöyildi. Stajirovka yakunida eng yaxşi mutaxassislarga doimiy iş taklif qilinadi", - deydi Xodimlar boşqaruvi direksiyasi direktori örinbosari Muzaffar Şermatov.
Qayd etiş joizki, kompaniyada kadrlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida e’tiborga molik işlar amalga oşirilmoqda. Aksariyat yangi işga qabul qilingan nomzodlar yangi iş joyiga kelganda işni nimadan boşlaşni, özini qanday tutişni bilmay qoladi. UzAuto Motors AJ xodimlar direksiyasi tomonidan işlab çiqilgan kadrlar siyosati asosida korxonaga yangi jalb etilgan xodimlar korxona jamoasi bilan tezda qöşilib ketişi, jamoa bölib işlaş könikmalarini şakllantiriş, sohani çuqur örganişi, işni nimadan boşlaşi, qanday işlaşi uçun adaptatsiya dasturini işlab çiqdi.
Dastur bir neça bosqiçdan iborat bölib, birinçi bosqiçda yangi işga qabul qilingan xodimlar bilan dastlabki training maşğulotlari olib borildi. Maşğulotlarda kompaniya strategiyasi, missiyasi va qadriyatlari haqida taqdimotlar ötkazilib, korporativ qoidalar, zavodda xavfsizlik qoidalari va eng muhimi, oylik maoş, KPI (korxona samaradorlik körsatkiçlari) kabi bir qator muhim ma’lumotlar haqida batafsil tuşunçalar berildi.
Dasturning ikkinçi bosqiçida xodimlarga erkin iş muhiti va jamoa bilan tanişib oliş imkoniyatlari yaratildi. Training maşğulotlaridan söng, personallar işlab çiqariş jarayoni bilan yaqindan taniştirildi.
Korxonada adaptatsiya jarayonini şakllantiriş nafaqat xodimning şaxsiy xususiyatlariga, balki korxona samaradorligiga ham bevosita ta’sir ötkazadi.