Кuni keça Telegram kanallarning birida “Damas avtomobilining eşigi uzilib tuşdi” deb nomlangan video tarqaldi. Bu esa jamoatçilik orasida turli xil tuşunmovçiliklarga sabab böldi. Uzauto Motors bunday videoga befarq bölmadi. Yuz bergan voqea hodisani batafsil örganiş uçun Komplayens xizmati tomonidan tekşiriş işlari olib borildi. Örganişlar natijasida ma’lum böldiki, Damas avtomobili eşigini yopmasdan turib harakatlanişni boşlagan. Ehtiyotkorsizligi sabab yöl çetidan turgan “Nexia” avtomobilining bamperiga urilgan. Sönggi vaqtlarda bunday yolğon xabarlarning tarqalişini tez-tez kuzatmoqdamiz. Hurmatli mijozlarimizdan internet tarmoğida tarqatilayotgan har qanday tekşirilmagan axborotlarga işonib qolmasliklarini sörab qolamiz! Şuningdek, tuhmat, bila turib yolğon hamda uydirmalarni tarqatganlik uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 40-moddasida közda tutilgan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 60 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab bölişi hamda şunday harakatlar uçun ma’muriy jazo qöllanilişini eslatib ötmoqçimiz. Kompaniya har qanday holatda xaridorlari va mijozlari bilan konstruktiv muloqotga hamda har qanday muammoni hal etişga tayyorligini, biroq bu kabi holatlar uçun qonuniy çora körişga majbur bölişini ma’lum qiladi.