“UzAuto Motors” kompaniyasi özimizning birinçi milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobilining sotuvi boşlanganini rasman ma’lum qiladi.
Avtomobil ixlosmandlari bugundan boşlab, krossoverga şartnoma tuzişlari mumkin.
Chevrolet Tracker ixçam krossoveri iste’molçi talablarining eng muhim sifatlarni: zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlikni özida mujassam etgan.
Chevrolet Tracker özining zamonaviy taşqi körinişi hamda salon interyeri şuningdek, GM tomonidan işlab çiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli, hamda intellektual funksiyalar va xavfsizlik tizimlari jamlanmasi bilan ajralib turadi.
LED yoritgiçli kunduzgi çiroqlar zamonaviylik va xavfsizlikni yanada oşiradi. Panoramali lyuk Tracker salonida kenglik va erkinlik tuyğusini yaratadi.
Chevrolet Tracker interyeri zamonaviy köriniş va betakror uslubga ega bölgan yuqori texnologiyali, dinamik va tejamkor avtomobil ekanligi bilan ahamiyatlidir. Yangi uslubdagi qulay örindiqlari uzoq safarlarda ham çarçoq hissini bildirmaydi. Zamonaviy texnik xususiyatlar avtomobilni boşqarişda yanada zavq bağişlaydi.
Chevrolet Tracker texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:
1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 132 ot kuçi quvvatiga ega zamonaviy uç silindrli CSS Prime turbomotor;
yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) töxtaş tizimi;
haroratni avtomatik nazorat qiluvçi tizim (klimat kontrol);
kruiz-kontrol;
aqlli kalit (smart key) va dvigatelni işga tuşiriş;
çarm qoplamali 3 spitsali rul;
yomğir datçigi;
eko-çarmdan örindiqlar qoplamalari;
simsiz zaryadlaş;
8 dyuymli sensor displeyga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto);
töliq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit çiroqlar.
Alohida ta'kidlaş joizki, 2023 yildan boşlab Chevrolet Tracker qöşimça opsiyalar: taşqi oynalarni isitiş tizimi, old örindiqlarni isitiş, oyna tozalagiç (дворник) atrofini isitiş, ikkinçi orqa qator örindiqlari isitiş tizimi, elektr mexanizmga ega haydovçi örindiği, rul isitiş tizimi, himoya karteri va «Redline» paketida taqdim etiladi.
Chevrolet Tracker avtomobilini “UzAuto Motors”ning rasmiy saytida nomlari keltirilgan avtorizatsiyadan ötgan dilerlik markazlarida sotib olişingiz mumkin. Şuningdek, uşbu dilerliklarda avtomobil bilan tanişiş hamda texnik xususiyatlarini örganiş uçun test-drayv ham mavjud.
Chevrolet Tracker
- Boşlanğiç komplektatsiya*: 179 000 000 söm;
- LS komplektatsiya: 209 000 000 söm;
- LTZ komplektatsiya: 229 000 000 söm;
- Premier komplektatsiya: 249 000 000 söm.
* Boşlanğiç komplektatsiyadagi avtomobilni sotib oliş istagini bildirgan xaridorlar vakolatli dilerlik markazlari yoki info@uzautomotors.com elektron manziliga ariza qoldirişlari lozim. Yetarli miqdordagi arizalar töplangandan söng, kompaniya uşbu avtomobil işlab çiqarilişini belgilangan tartibda örganib çiqadi.
Batafsil ma’lumot oliş uçun kompaniyaning rasmiy dilerlariga hamda call-center telefon raqamlariga murojaat qiling: