Bugun “Özekspomarkaz” pavilyonlarida navbatdagi Sa...
Aytib ötiş joizki, uşbu tadbir 2009 jildan e`tiboran şartnomalar diapazonini kengaytiriş, kelişuvlar va mahsulot eksportiga oid bitimlar sonini oşiriş maqsadida halqaro maqomga ega bölgan.
Sanoat sohasi vakillari, işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar uçun an`anaga aylangan yarmarka haqiqatda juda muhim ahamiyatga ega. Mahalliylaştiriş va kooperatsion aloqalar negizida tayyor mahsulot, asbob-uskunalar va jihozlar, materiallar va hom aşyoni sotişdan tortib, sotib olişga qadar, şuningdek, hizmatlar körsatişga oid şartnomalarning asosiy paketi aynan körgazma maydonida şakllantiriladi va imzolanadi. Bu esa öz navbatida import hajmining qisqarişiga, mahalliy mahsulot işlab çiqariş kölamining kengayişiga olib keladi.
3-5 may kunlari bölib ötadigan tadbirda “Özavtosanoat” AKning 32 ta korhonasi 724ta mahsulot bilan iştirok etmoqda. Pavilyondan AK eksponatlari uçun kattagina maydon ajratilgan. 144 m2 maydonda butlovçi qismlar, 930 m2 oçiq maydonda esa yengil va yuk taşuvçi avtomobillar, avtobus va yuk taşuvçilar uçun tirkamalar namoyiş etilmoqda. Eksponatlarning asosiy qismi, ja`mi 500dan ortiği özlaştirilişi lozim bölgan import mahsulotlar, 200dan ziyodi esa ayni kunlarda soha qorhonalarida işlab çiqarilayotgan mahsulotlardir. Şunisi e`tiborliki, ularning orasida 60dan ortiq yangi mahsulot turlari örin olgan.
Albatta, bu kabi yarmarkalar sanoatning har bir yönalişida moliyaviy özgarişlarga zamin yaratadi. Hususan, agar ötgan yilgi natijalarga e`tibor qaratadigan bölsak, 2016 yilda bölib ötgan Halqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasida sanoat kooperatsiyasi böyiça mahsulot sotib oliş maqsadida 5 mlrd. söm miqdoridagi, eksport uçun esa 104 ming dollarga teng şartnomalar imzolangan. Bu yilgi tadbirda uşbu körsatkiçlarni yana 10 foizga oşiriş közda tutilgan.