UzAuto Motors call markazi qanday ishlamoqda - UzR...
UzAutomors Call-markaziga kuniga 800tagacha qo‘ng‘iroqlar bo‘lmoqda Shu kunlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yangi Chevrolet Tracker krossroveri sotuvi boshlanadi. Shu munosabat bilan UzAutomors Call-markaziga qo‘ng‘iroqlar ko‘paydi. Bu yerga har kuni mamlakatimizning turli burchaklaridan 800ga yaqin qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda. Bugungi kunda avtomobillarni yetkazib berish tartibi va muddatlari, avtosalonlarda avtomashinalarning mavjudligi va texnik xususiyatlariga oid tez-tez beriladigan savollar bilan bir qatorda, fuqarolar Chevrolet Tracker avtomobili sotuvidagi yangi shartlarga ham qiziqish bildirishmoqda. Misol uchun, ushbu mashinani qaysi dilerlik markazlaridan sotib olish mumkin bo‘ladi, kafolat muddati va boshqalar. Yangi krossoverni faqatgina D1 va D2 darajadagi dilerlar uchun belgilangan talablarga javob beradigan dilerlik markazlari sotishi mumkin.