“UzAuto Motors” kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzişni töxtatişga majbur.
Yuzaga kelgan holat kompaniya tarixida birinçi bor yuz berişi, lekin, biz bugungi kunda jahon avtomobil sanoati oğir kunlarni boşdan keçirayotganligi va bizning kompaniyamiz ham bundan mustasno emasligini bir neça bor xabar qilganmiz. (https://t.me/uzautomotorscom/1850)
Şu munosabat bilan, “Uzauto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi öz mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uçun çeksiz uzr söraydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uçun qayğurib, qabul qilingan qarori yagona töğri qaror ekanligiga işonadi.
Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun içida tuzilgan şartnomalar böyiça tölangan barça mablağlar töliq qaytariladi. Şuningdek, kompaniya qöşimça ravişda oldindan tölov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi Bundan taşqari, yangi krossover sotib oliş ehtiyojida bölgan xaridorlarimiz öz xohişiga köra, Chevrolet Captiva 5 avtomobili örniga Chevrolet Equinox yoki Tracker modellarini xarid qilişlari mumkin. Almaştirilgan avtomobillarni yetkazib beriş muddati Chevrolet Captiva 5 uçun tuzilgan şartnomalarga muvofiq, 2022-yil yanvar oyidan keçiktirilmagan holda amalga oşiriladi.
Şuningdek, xaridorlarimizga yuqorida körsatilgan muddat asosida Captiva 5 avtomobili örniga Malibu, Cobalt yoki Trailblazer avtomobillarini xarid qiliş imkoniyatini körib çiqiş taklif etiladi.