Sirdaryo viloyatida “ISUZU” rusumli avtobusning ga...
Ma'lum bölişiça, joriy yilning 18 avgust kuni Sirdaryo viloyatida avtomobillarga gaz quyiş şahobçasida “ISUZU” rusumli avtobusning gaz balonlaridan biri portlagan.
Uşbu holatga oydinlik kiritiş maqsadida, “Özavtosanoat” AJ tizimidagi Komplaens xizmati xodimlari hamda “Samarqand avtomobil zavodi” MÇJ QK mas'ul xodimlari zudlik bilan joyiga borib örganişganida, 18 avgust kuni 14:30larda Sirdaryo viloyati Oq Oltin tumanida joylaşgan, “NUR TRANS GAS” MÇJ gaz töldiriş şahobçasi hududida davlat raqami 90 946 WAA bölgan “ISUZU SAZ NP21” rusumli avtobusning ust qismiga örnatilgan gaz ballonlaridan biri portlaganligi ma'lum böldi.
Mazkur avtobus dizel' yoqilğisida xarakatlanişga moslaşgan holda 2012 yilda “Samarqand avtomobil zavodi” MÇJ QKda işlab çiqarilib, MÇJning Xorazm viloyatidagi rasmiy dilleri orqali sotilgan.
Keyinçalik, avtobusni sotib olgan korxona tomonidan 2014 yilda 60 litr siğimli, 6 dona gaz balonlar avtobus konstruksiyasiga özgartiriş kiritilgan holda, avtobusning ust qismiga örnatilgan.
Bundan taşqari, uşbu avtobus bir yillik kafolat davrida kafolat talablari böyiça belgilangan davriy körikdan ötkaziş masalasida rasmiy dilerga murojaat qilmagan.
Ta'kidlaş kerakki, kafolatli xizmat körsatiş sohasi siyosatiga köra, avtobus konstruksiyasiga özgartiriş kiritilgan hollarda, berilgan kafolat doirasidan öz-özidan çiqib ketadi.
Yuqoridagi holat huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan örganilmoqda.