Bugun butun Özbekistonning diqqat e’tibori Oksana Çusovitinaning ğalabasiga qaratilgan. Jahon kubogi yana bir karra afsonaviy sportçining professional mahoratini körsatdi.
Hurmatli Oksana Aleksandrovna!
Ötgan musobaqalardagi erişilgan sözsiz ğalaba bilan samimiy tabriklarimizni qabul qiling.
Eng yaxşi natijani körsatib, sport şohsupasining yuqori poğonasiga kötarilişga yetuk mahorat, çidamlilik va matonat sizga yordam berdi.
UzAuto kompaniyasi va Özbekiston gimnastika federatsiyasining butun jamoasi erişgan yutuqlaringiz hamda jahon şohsupasida hilpirab turgan Özbekiston bayroğini körişdan ğurur tuyğusiga töla va bu uçun Sizga minnatdorçilik bildiradi.
Butun UzAuto jamoasi va Özbekiston gimnastika federatsiyasidagi hamfikrlaringiz nomidan Sizga kelgusi musobaqalarda ham ğalaba yor bölişini tilab qolamiz!
Siz bizning faxrimiz, Siz yuksak vatanparvarlik namunasisiz!