“Jizzax Auto” MÇJ Volkswagen va Škoda brendlarinin...
"Jizzax Auto" MÇJ bilan hamkorlik - bu biznesning sifat jihatidan yangi bosqiçga çiqiş uçun imkoniyat. Moslaşuvçan özaro manfaa'tli siyosat, marketing hamda kompaniyaning markaziy jamoasining professional kömagi. Bizning brendimiz dileriga aylanib, Siz Volkswagen va Škoda kompaniyalarining viloyatingizda birinçi rasmiy vakili bölasiz!
Diler böliş uçun uşbu turdagi faoliyatning quyidagi xususiyatlarini hisobga oliş lozim:
• Savdo zalida şourum mavjudligi. Savdo zalining minimal maydoni Volkswagen markasi uçun 491 m2 va Škoda markasi uçun 411 m2 bölişi lozim.
• Xizmat körsatiş zonasining mavjudligi. Xizmat körsatiş zonasining minimal maydoni Volkswagen markasi uçun 884 m2, Škoda markasi uçun 524 m2 bölişikerak.
• Brendbukga muvofiq ravişda avtosalonning markali dizayn elementlaridan (logotip, ustun, plitkalar, mebel va boşqalar) foydalaniş.
• Kadrlarni puxta öqitiş va tayyorlaş zaruriyati. “Jizzax Auto” MÇJning obröli dileriga aylaniş uçun, avtosalon xodimlarining kompetentligiga jiddiy e'tibor beriş muhim.
• Sotib olingan avtomobillarga yuqori sifatli servis va kafolat xizmatini körsatiş.
• Sotuvdan söng, mijozlarga ta'mirlaş, rejali va rejadan taşqari texnik köriklarni öz vaqtida ta'minlaş imkoniyati.
Bugungi kunga kelib, Özbekistonda uşbu standartlarga javob beradigan har bir brend uçun 3 ta dilerlik markazi faoliyat yuritmoqda. 2021 yil oxiriga qadar uşbu körsatkiçni har bir brend uçun 14ta ga yetkaziş rejalaştirilgan (Ozbekistonning har bir viloyatida kamida bittadan diler).
Quyidagi röyxatda Siz Volkswagen va Škoda brendlarining yangi dilerlik markazlarini yaratiş rejalaştirilgan hududlarni topişingiz mumkin. Rasmiy diler unvonini oliş uçun tanlovda iştirok etiş uçun elektron anketani töldiring.
"Škoda" avtosaloni
"Volkswagen" avtosaloni
Özaro manfaa'tli hamkorlik - kompaniyaning asosiy maqsadidir. Volkswagen va Škoda savdo markalari jahon avtomobil bozorida taniqli va işonçli obröga ega. Uşbu omil har bir potentsial şerikga öz viloyatida obröli va taniqli bölişiga yordam beradi.
Agar siz bizning brendlarimiz yuqorida körsatilgan viloyatlarda birinçi vakili bölişni xohlasangiz, nomzodning sörovnomasini töldirib, quyidagi poçta manziliga yuborişingizni söraymiz.