“Özavtosanoat” AJ V Toşkent xalqaro investitsiya f...
Joriy yilning 16–18-iyun kunlari poytaxtimizda ötkazilayotgan V Toşkent xalqaro investitsiya forumida “Özavtosanoat” AJ avtomobilsozlik sanoatining işlab çiqariş va investitsiyaviy salohiyatini namoyiş etuvçi stend bilan iştirok etmoqda.
Forum doirasida taşrif buyuruvçilar va xorijiy investorlar uçun Özbekiston avtomobil sanoatida amalga oşirilayotgan yirik loyihalar, mahalliylaştiriş jarayonlari hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş böyiça erişilgan natijalar taqdim etilmoqda.
Stendda yengil avtomobillar, qişloq xöjaligi texnikalari, maxsus texnikalar hamda zamonaviy dvigatellar işlab çiqariş yönalişlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Şuningdek, avtomobilsozlik tarmoğida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yeçimlarini joriy etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar ham namoyiş etilmoqda.
Ekspozitsiya orqali mahalliy işlab çiqaruvçilarning imkoniyatlari, yangi investitsiya loyihalari, import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqariş böyiça salohiyat hamda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari keng yoritilgan.
Toşkent xalqaro investitsiya forumi mamlakatimiz sanoat salohiyatini namoyiş etiş, yangi hamkorlik aloqalarini örnatiş va investitsiyalarni jalb etiş uçun muhim platforma bölib xizmat qilmoqda.