Özavtosanoat Kubogi turniri tizim korxonalarini bi...
Korporativ ruhni mustahkamlaş, sport va soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida tizim korxonalari xodimlari örtasida Özavtosanoat Kubogi futbol turniri ötkazildi.
Musobaqalarda jamiyat tarkibiga kiruvçi korxonalar jamoalari, jumladan, “UzAuto Cepla” QK MÇJ, “UzAuto Motors” AJ, “UzAuto-Inzi” MÇJ, şuningdek, Toşkentdagi Turin politexnika universiteti jamoasi iştirok etdi.
Turnirning ilk bahsida “UzAuto Cepla” QK MÇJ hamda Turin politexnika universiteti jamoalari özaro kuç sinaşdi. Qizğin va tomoşabop keçgan uçraşuvda universitet jamoasi 3:2 hisobida ğalaba qozondi.
Keyingi öyinda “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto-Inzi” MÇJ jamoalari maydonga tuşdi. Uçraşuv ilk daqiqalardanoq muxlislar tomonidan faol qöllab-quvvatlandi. “UzAuto Motors” jamoasi 3:0 hisobida işonçli ğalaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqiçiga yöl oldi.
Futbol uçraşuvlari döstlik, halol raqobat va jamoaviy birdamlik ruhida ötdi. Turnir taşkilotçilari ta’kidlaganidek, bunday sport taşabbuslari Özavtosanoat tizimi xodimlari örtasida jamoaviy ruhni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Mazkur öyinlar Özavtosanoat Kubogining dastlabki bosqiçini taşkil etdi. Turnir davom etmoqda. Iştirokçilarni oldinda yangi uçraşuvlar, yorqin hissiyotlar va faxrli kubok uçun hal qiluvçi bahslar kutmoqda.