Özbekiston dunyoda Chevroletning AQŞ’dan keyingi i...
Sönggi ma’lumotlarga köra, Özbekiston 2023-yilda bozoridagi 370 000 ga yaqin avtomobil sotuvi bilan Chevrolet jahon savdo reytingida ikkinçi örinni egalladi.
Bu körsatkiç sönggi bir neça yil içida mamlakatda avtomobil markalariga bölgan yuqori talabning natijasi bölib, yagona GEM platformasi asosida yangi Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini işlab çiqarişni muvaffaqiyatli yölga qöyilgani muhim omil böldi.
Sönggi yillarda Özbekiston iqtisodiyotining barqaror rivojlanişi aholi farovonligi va tölov qobiliyatining ösişiga, şuningdek, avtomobilsozlik sohasini rivojlantiriş uçun qulay şaroit yaratdi. Qolaversa, Chevrolet avtomobillarining mahalliy iste’molçilar orasida maşhurligiga uning miqdoriy va sifat körsatkiçlaridagi optimal mutanosibligi xizmat qilmoqda.
Chevrolet sotuvi böyiça jahon reytingida TOP-5 talik
AQŞ - 1 716 268 Özbekiston - 369 980 Braziliya - 327 781 Meksika - 172 066 Xitoy - 168 830
UzAuto Motors kompaniyasi kelajakka işonç bilan qaraydi va öz avtomobil bozorini rivojlantirişni davom ettirişga tayyorligini bildiradi. Bu muvaffaqiyat nafaqat Chevrolet brendiga bölgan işonçning aksi, balki Özbekistonda avtomobilsozlik sanoatining jadal rivojlanayotgani tasdiğidir.
GEM (Global Emerging Markets) modul platformasi bu GMning rivojlanayotgan bozor global platformasi bölib, mijozlarga texnologiya va xavfsizlik funksiyalarini arzonroq narxlarda taklif etadi. GEM avtomobil platformasi sedan, xetçbek, stansiya vagonlari, krossoverlar va yöltanlamaslar kabi turli ölçamli avtomobil sinflari va har xildagi kuzov uslublarini qoplaşga qodir.