“SamAuto”ning yangi avtobuslari Toşkent böylab har...
“Toşşahartransxizmat” AJ birinçi 10 ta SAZ LE60 abtobuslarini poytaxt marşrut yönalişlarida çiqarişni yölga qöydi. Uşbu texnikadan Toşkentda jami 200 donasi işlaydi. Joriy yil oxirigaça butun mamlakat böylab 390 dona yangi avtobuslar yölga qöyilişi rejalaştirilgan.
“SamAuto” MÇJ mutaxassislari mazkur modelni işlab çiqişda yölovçilarga qulaylik yaratiş, şuningdek, jamoat transporti harakatining samaradorligi va amaliyligiga alohida e’tibor qaratişdi.
SAZ LE60 modelidagi eng muhim özgarişlar:
yangi, yanada quvvatli konditsioner örnatildi;
havo ta'minlaş tizimi takomillaştirildi;
yölovçilar uçun 6 dona va haydovçi uçun 1 dona USB-portlar bilan jihozlandi;
avtobus polining orqa qismi qavat darajasi pasaytirildi;
avtobusning old ötiş qismi kengaytirildi;
elektron yönaliş körsatkiçlari yangilandi;
validatorlarni örnatiş uçun maxsus joy tayyorlandi (ATTO kartalari uçun);
avtobuslarga texnik xizmat körsatiş xizmatini soddalaştiriş maqsadida avtobus konstruksiyasiga özgartirişlar kiritildi;
yanada kuçli va tejamkor turbo dizelli dvigatellar örnatildi.
“Özavtosanoat” AJ tarkibiga kiruvçi “SamAvto” korxonasi yölovçilarga qulaylik yaratiş, tejamkor va ilğor texnologiyalarni qölga kiritiş şahar jamoat transporti faoliyatini yanada takomillaştiriş borasidagi işlarni davom ettiradi.