
12-15-dekabr kunlari Toşkent şahridagi “Özekspomarkaz” Milliy körgazmalar majmuasida bölib ötayotgan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi işlab çiqaruvçilar uçun sönggi texnik yutuqlarini namoyiş etişda samarali maydonga aylandi. Unda mehmonlar yetakçi işlab çiqaruvçilar bilan bir qatorda, avtomobilsozlik sanoatining sönggi texnologiyalari bilan tanişiş imkoniyatiga ega bölmoqdalar.

“Özavtosanoat” AJ va tarkibiy korxonalar tomonidan uşbu tadbirga alohida tayyorgarlik körildi. Xususan, jamiyat stendidan örin olgan “UzAuto Motors”, “Agrotech Klaster”, “BYD Uzbekistan factory”, “Isuzu”, “Man”, “Avtooyna”, “UzAuto Motors Powertrain” kabi 10ga yaqin tarkibiy korxonalar özlarining sönggi hamda zamonaviy eng sara mahsulotlarini namoyiş qilmoqdalar.

Mazkur kompaniyalar tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar körgazma iştirokçilarda qiziqiş uyğotdi hamda ular e'tirofiga sazovor böldi.

Taşrif buyurgan kompaniyalar vakillari körgazmada namoyiş etilgan mahsulotlarni közdan keçiriş bilan birga, özaro hamkorlikni mustahkamlaş borasida muzokaralar ötkaziş imkoniyatiga ega böldilar. Unda turli yönalişlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Demak, manfaatli kelişuvlarga erişiş yölida qadam taşlandi.




