Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi: Avtomob...
Bugun öz işini boşlagan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi işlab çiqaruvçilar va tadbirkorlar uçun sönggi texnik yutuqlarini namoyiş etişda samarali maydonga aylandi. Unda mehmonlar hududlardagi yetakçi sanoat korxonalarida işlab çiqarilayotgan mahalliy mahsulotlar, yangi innovatsion işlanmalar bilan bir qatorda avtomobilsozlik sanoati korxonalarni bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytiriş imkoniyatiga ega bölmoqdalar.
Toşkent şahridagi “Özekspomarkaz” Milliy körgazmalar majmuasida bölib ötayotgan yarmarkaga “Özavtosanoat” AJ va tarkibiy korxonalar tomonidan alohida tayyorgarlik körildi. Jumladan, maşinasozlik stendida 30 turdan ziyod mahsulotlar namoyiş qilinmoqda. Şundan, 13 turdagi mahsulotlar yangi texnologiyalarni jalb qiliş va mahalliy korxonalari “şatakka oliş” orqali özlaştirilgan. Xususan, plastik yoqilği baklari “YAPP UBK Auto Systems”, avtomobil örindiq sun'iy çarm va mato qoplamalari “Egida-Simaks” tomonidan mahalliylaştirilgan.
Şuningdek, yarmarkaning 5-pavilyoni ham avtomobilsozlik tarmoğiga yönaltirilgan bölib, Bektemir tumanida joylaşgan bölib, “Özavtosanoat” АJning doimiy faoliyat olib boruvçi “Mahalliylaştirişga kömaklaşiş markazi” da taşkil qilingan. Özexpomarkaz hududidan 5-pavilyonga doimiy “şuttle bus” qatnovi yölga qöyilgan. “Mahalliylaştirişga kömaklaşiş markazi” yarmarka qatnaşçilarida alohida qiziqiş uyğotmoqda. Uşbu markazda tadbirkorlar uçun 30 ta tarmoq korxona tomonidan import butlovçi qism va xom aşyolari mahalliylaştiriş uçun taklif qilinmoqda.
Taşrif buyurgan kompaniyalar vakillari körgazmada namoyiş etilgan mahsulotlarni közdan keçiriş bilan birga, özaro hamkorlikni mustahkamlaş borasida muzokaralar ötkaziş imkoniyatiga ega bölmoqdalar. Unda turli yönalişlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda va manfaatli kelişuvlarga erişiş yölida qadamlar taşlanmoqda.
Yarmarka joriy yilning 13-dekabriga qadar davom etadi.