“UzAuto Motors” AJ Tbilisida Chevrolet brendi osti...
Gruziyada Özbekistonda işlab çiqarilgan Chevrolet avtomobillarining rasmiy sotuvlari boşlandi. Tbilisi şahridagi yangi dilerlik markazi “UzAuto Motors” AJ mahsulotlarining jahon avtomobil bozoridagi örnini kengaytiriş yölidagi navbatdagi muhim qadam böldi.
“UzAuto Motors” AJ Gruziyadagi rasmiy dileri “Strada Motors” MÇJ bölib, u Chevrolet avtomobillarini sotiş va ularga texnik xizmat körsatiş böyiça barça xizmatlarni taqdim etadi. Mijozlarga zamonaviy uslub, işonçlilik va qulay boşqariş sifatlarini özida mujassam etgan talabgir avtomobil modellarini taklif etadi.
Oçiliş marosimida “Strada Motors” MÇJ boş direktori Zurab Gvazava sözga çiqdi. U öz nutqida Chevrolet brendining mahalliy bozorga kirib kelişi Gruziya yöllari uçun mos avtomobillarni xarid qiliş imkonini berib, haydovçilarga mamlakat böylab qulay harakatlanişni ta’minlaydi, deya ta’kidladi.
Eslatib ötamiz, 2024-yil 25-avgust kuni Chevrolet avtomobillarining birinçi partiyasi Asakadagi zavoddan Gruziyaga jönab ketgan edi.
Oçiliş marosimida tadbir iştirokçilari avtomobillarda test-drayv ötkazib, ularni sinab köriş imkoniyatiga ega bölişdi va Chevrolet avtomobillarining sifati hamda iste’molçi xususiyatlarini munosib baholaşdi.