«JV MAN Auto-Uzbekistan» MÇJ qöşma korxonasi eksp...
«JV MAN Auto-Uzbekistan» MÇJ qöşma korxonasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarini zavodda işlab çiqarilgan yuk avtomobillari bilan ta'minlaş imkonini beruvçi sertifikatni qölga kiritgan edi. Ayni paytda mazkur sertifikat bilan MAN TGS 33.360 6x4 rusumli özi ağdaruvçi yuk avtomobilini mazkur davlatlarga eksport qiliş mumkin.
Yаqinda Qozoğiston Respublikasida “Özavtosanoat” AK, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MÇJ qöşma korxonasi va “Özstandart” agentligi vakillari hamda Qozoğiston Respublikasi metrologiya va texnik muvofiqlaştiriş qömitasi rahbariyati örtasida ötkazilgan uçraşuvda transport vositalarining turini tasdiqlaş va röyxatdan ötkaziş masalalari muhokama etildi. Uçraşuv yakuniga köra, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MÇJ qöşma korxonasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga eksport qiliş uçun katta yuk avtotransport vositalari (özi ağdargiç) ni işlab çiqarişga rozilik oldi.