Toşkent şahridagi Turin Politexnika universitetining Aerokosmik laboratoriyasi texnolog-talabalari Bohodirov Javhar va Qosimov Akbarşox Turkiyaning Anqara şahrida bölib ötayotgan 6-Turk dunyosi fan va madaniyat xalqaro festivalida (Türk Dünyası Bilim ve Kültür Şenliği) öz loyihalari bilan qatnaşib, 20 dan ortiq davlatlardan kelgan iqtidorli yoşlar orasida faxrli 1- örinni egalladilar.
Tanlov şartlariga köra, Javhar Bohodirov va Akbarşoh Qosimov özlarining ilmiy işlanmalari – mini-nanosattellit qurilmasini taqdim etişdi.
Mazkur qurilma yer yuzasidan 45-50 km balandlikda havo namligi, bosimi,uning sathi va yoritilişini ölçaş, şuningdek, stratosfera haqida barça kerakli ma’lumotlarni töplaş kabi xususiyatlarga ega. Bundan taşqari, uşbu loyiha ilmiy va amaliy jihatdan foydali bölib, turli xildagi tajribalarni örganiş va amalga oşirişni osonlaştiradi.
“Özavtosanoat” AJ nomidan ğoliblarimizni qölga kiritgan uşbu katta ğalaba bilan muborakbod etamiz va kelgusi loyihalarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!