🏅 TTPU — “Yilning eng yaxşi oliy ta’lim muassasasi...
2025-yil 20-dekabr kuni Turkiston san’at saroyida Özbekistonda ilm-fan va ta’lim sohasidagi yutuqlarni e’tirof etuvçi nufuzli “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025” marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda yetakçi olimlar iştirok etgan tadbirda 10 ta nominatsiya böyiça ğoliblar aniqlandi.
Quvonarlisi şundaki, Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti oliygohlar orasidan “Yilning eng yaxşi oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi ğolibi deb topildi hamda maxsus statuetka, diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Uşbu yutuq universitetda zamonaviy muhandislik ta’limi, ilğor ilmiy tadqiqotlar va xalqaro standartlarga asoslangan innovatsion yondaşuvlar izçil rivojlanib borayotganining yorqin tasdiğidir.