Özbekiston avtomobil sanoatiga tamal toşi qöyilgan ilk yillardan boşlab muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan korxonalardan biri “Uz-Koram Ko” MÇJ hisoblanadi. Uşbu korxona taşkil etilgandan buyon ötgan davr mobaynida Asaka avtomobil zavodida işlab çiqarilayotgan yengil avtomobillar uçun plastmassadan tayyorlangan butlovçi qismlarni yetkazib berib kelmoqda. Raqamlarga e'tibor qaratadigan bölsak, 1997 yilda korxonada 2,74 million AQŞ dollari miqdorida mahsulot işlab çiqarilgan bölsa ötgan 2015 yilda işlab çiqarilgan mahsulotlar hajmi 48,6 million AQŞ dollariga teng böldi. Bu esa korxonada mahsulot işlab çiqariş hajmi yildan-yilga oşib borayotganligini körsatadi.