Andijon viloyatidagi “UzAuto Motors” AJ zavodida “Özavtosanoat” AJ rahbariyatining fuqarolar va korxona xodimlari bilan navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi.
Oçiq muloqot tarzida taşkil etilgan tadbir davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va taşabbuslar bilan bevosita rahbariyatga murojaat qiliş imkoniyatiga ega böldilar.
Uçraşuv davomida har bir murojaat alohida körib çiqildi. Xususan, mehnat muhofazasi, işlab çiqariş jarayonlarida xavfsizlikni yanada takomillaştiriş, xodimlar salomatligini muhofaza qiliş hamda yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.
Murojaatlarning ayrimlari böyiça tegişli tuşuntirişlar berilib, qator masalalar joyida hal etildi. Qöşimça örganişni talab etadigan murojaatlar böyiça esa mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi va ularning ijrosini ta’minlaş yuzasidan tegişli topşiriqlar berildi.
Fuqarolar va xodimlar bilan oçiq muloqotni yölga qöyiş, ularning murojaatlarini örganiş hamda kötarilgan masalalarga amaliy yeçim topişga qaratilgan bunday uçraşuvlar kelgusida ham muntazam davom ettiriladi.