Özbekiston fond bozori tarixidagi aksiyalarning umumiy qiymati böyiça eng yirik IPO yakunlandi – “UzAuto Motors” AJ aksiyalari “Toşkent” Respublika fond birjasida birlamçi ommaviy taklif (IPO) orqali joylaştirildi.

Sönggi yillarda kompaniyaning rivojlaniş yölidagi sa’y-harakatlari hamda erişilgan qator yutuqlar invsetitsiyaviy hamkorlikka yöl oçdi va munosabatlarni mustahkamladi. Natijada, “UzAuto Motors” AJning IPÖga çiqişi Özbekistin qimmatli qoğozlar bozorida uzoq kutilgan voqelikka aylandi. Savdolar yakuniga köra, kompaniyaning 56,9 mlrd sömlik aksiyalari Respublika fond birjasiga joylaştirilgan bölsa, özaro taqsimlanişi böyiça 80%i institutsional investorlar (yuridik şaxslar), qolgan 20%i jismoniy şaxslar hissasiga töğri keladi.
“UzAuto Motors” AJ aksiyalarining ilk ommaviy joylaştirilişi respublikamizda amalga oşirilayotgan xususiylaştiriş va kapital bozorini rivojlantiriş böyiça yirik davlat korxonalari örtasidagi dastlabki qadam hisoblanadi. Ta’kidlaş joiz, “UzAuto Motors” AJ “IPO”si koronavirus pandemiyasi va global iqtisodiy inqirozdan söng mahalliy fond bozorida amalga oşirilayotgan ilk “IPO” hisoblanadi. Şubhasiz mazkur voqelik mahalliy investorlarning faollaşuvi hamda kompaniyaning jahon hamjamiyatiga iqtisodiy tomonlama integratsiyalaşuviga ijobiy ta’sir körsatadi.
