UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt avtomob...
2025-yil 3-noyabr kuni soat 10:00 dan boshlab “UzAutoMotors” AJ Chevrolet Cobalt avtomobillarining yangi versiyalarini sotuvga chiqardi.
Mazkur modellarga bo‘lgan yuqori talab va jarayonning shaffofligini ta’minlash maqsadida kontraktatsiya onlayn tarzda amalga oshirildi.
Kontraktatsiya yakunlariga ko‘ra, jami 100 000 dona shartnoma rasmiylashtirildi. Shundan, 99 493 donasi — One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga, 507 donasi esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.
Jarayon davomida Call-markaz orqali 876 ta mijoz murojaati qabul qilindi. Shu bilan birga, kontraktatsiya jarayoni mobaynida UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimiga 560 ta kiberhujum amalga oshirilgani qayd etildi.
Onlayn tizim orqali shartnoma tuzgan mijozlar 7 kalendar kun ichida shartnoma shartlariga muvofiq to‘lovni amalga oshirishlari lozim.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 (78) 141-77-77 telefon raqami orqali yoki https://chevrolet.uz/ saytidan olishingiz mumkin.