UzAuto Motors Powertrain "Drive for Dreams" dastur...
14-fevral kuni UzAuto Motors Powertrain (UMPT) zavodiga yaqin joylaşgan Köxna Qumariq mahallasidan 353-maktabning 7-sinf öquvçilari "Drive for Dreams" dasturi doirasida zavodimizga taşrif buyurişdi. Uşbu taşabbus, öquvçilarda avtomobil sanoati va texnik kasblar haqida xabardorlikni oşirişga qaratilgan bölib, kelajakda ularning kasbiy yönalişini şakllantirişda yordam beradi. Taşrif davomida öquvçilar zavodning kross-funktsional jamoasi tomonidan ötkazilgan noyob treningga qatnaşişdi.HR bölimi mutaxassislari, ekologlar, muhandislar va kimyogarlar öquvçilarga korxonaning asosiy jarayonlari haqida ma'lumot berişdi. Ayniqsa, atrof-muhitni muhofaza qiliş va innovatsion texnologiyalar haqida alohida e'tibor qaratildi. Öquvçilar uçun unutilmas va qiziqarli bölgan trening, çiqindilarni saralaş böyiça interaktiv maşğulot bölib, uni atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça menejer Ozoda Şarustamova ötkazdi. Şuningdek, zavod kimyogarlarining suvni tozalaş böyiça qiziqarli tajribalari bolalarda katta qiziqiş uyğotdi. Ekskursiya yakunida öquvçilarga sertifikatlar va sovğalar topşirildi. Şuningdek, zamonaviy avtomobil işlab çiqariş jarayonining qanday taşkil etilişi haqida köproq ma'lumot olişdi. Bizning maqsadimiz – yoşlarni texnik kasblarni örganişga ilhomlantiriş va avtomobilsozlik kabi dinamik sohada işlaşning qançalik qiziqarli va muhim ekanligini körsatiş!