UzAuto Motors Powertrain General Motors’ning yuksa...
Mukofot GM Ramos jamoasi nomidan GM Ramos GPS (Meksika) zavodi direktori Oskar Kintanilya tomonidan UzAuto Motors Powertrain boş direktori Saidazim Gulyamovga topşirildi.
Rasmiy murojaatda General Motors vakillari ta’kidlaganidek, Özbekistondagi dvigatel işlab çiqariş zavodi işlab çiqariş jarayonlarini izçil qöllab-quvvatlagani hamda yuqori sifatli komponentlarni yetkazib bergani uçun yuksak e’tirofga sazovor böldi. Şu bilan birga, zavodning FTQ körsatkiçi 97,5 foizdan yuqori ekani alohida qayd etildi.
UzAuto Motors Powertrain boş direktori Saidazim Gulyamov şunday dedi:
«Bu mukofot — butun jamoamizning mehnati samarasi. Biz General Motors’ning global işlab çiqariş zanjirining bir qismi ekanligimizdan faxrlanamiz va xalqaro avtomobil sanoati rivojiga öz hissamizni qöşayotganimizdan mamnunmiz. Alohida ta’kidlaş joizki, korxona qölga kiritayotgan yutuqlar, avvalo, xodimlarning yuqori professionalligi hamda işlab çiqariş jarayonining har bir bosqiçiga mas’uliyatli yondaşuviga asoslanadi. Biz yuqori sifatni saqlab qolamiz va General Motors bilan samarali hamkorlikni davom ettiramiz».
Eslatib ötamiz, 2024-yilning dekabr oyida UzAuto Motors Powertrain CSS Prime oilasiga mansub dvigatellar uçun silindr bloklari eksportini yölga qöydi. Mazkur mahsulotlar General Motors’ning Lotin Amerikasida joylaşgan yiğuv liniyalariga yetkazib berilmoqda.
Bugungi kunga qadar 19 980 dona silindr bloki eksport qilingan bölib, yil yakuniga qadar uşbu körsatkiç yana 20 736 donaga ortişi kutilmoqda.
UzAuto Motors Powertrain korxonasining navbatdagi mukofotga sazovor bölişi General Motorsning global ta’minot zanjiridagi ahamiyatini yaqqol tasdiqladi va uning xalqaro bozoridagi işonçli hamkor maqomini yanada mustahkamladi.