UzAuto Motors mavjud mikroçiplarga nisbatan köp av...
Avtomobilsozlik sanoatida yarimötkazgiçlar yetişmasligi tobora sezilarli bölib bormoqda: UzAuto Motors yillik işlab çiqariş rejasini allaqaçon ortiği bilan bajarganligi bois, 2022-yilga rejalaştirilgan mikrosxemali komponentlarning iste’mol hajmi oşdi.
Ayni şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xuddiki tayyor Chevrolet avtomobillari saqlanayotgan omborlarning fotosuratlari faol muhokama qilinmoqda. Köpçilikning taxminiga köra, uşbu avtomobillar töliq jihozlangan bölib, göyoki noma'lum maqsadlar uçun saqlanib kelinmoqda.
UzAuto Motors uşbu taxminlar yuzasidan rasman ma'lum qiladi:
Joriy yil boşida UzAuto Motors 280 ming dona avtomobil işlab çiqarişni rejalaştirgan edi, bu ötgan yilga nisbatan 21 foizga köpdir. Ammo Chevrolet avtomobillariga talab ortib borayotganligi sababli kompaniya 2022-yil uçun rejalaştirilgan işlab çiqariş hajmini 340 ming donagaça oşirişga erişdi, bu ötgan yilgi hajmdan 44 foizga oşadi. Joriy yil boşidan buyon kompaniya konveyerlardan 290 ming dona avtomobil işlab çiqardi.
Dastlabki işlab çiqariş rejalarini hisobga oladigan bölsak, UzAuto Motors belgilanganidan ortiq avtomobil işlab çiqardi. Şu tariqa xorijiy işlab çiqaruvçilar tomonidan yetkazib beriladigan butlovçi qismlarning barça hajmlari (xususan, özida yetişmayotgan mikroçip qismlarini) muddatidan oldin işlatildi.
Şubhasiz, konveyerlar va işçilarning işi töxtab qolişiga yöl qöyib bölmasligi munosabati bilan, kompaniya komponentlari töliq bölmagan avtomobillarni işlab çiqarişga qaror qildi. Avtomobil işlab çiqariş zanjiridan töliq ötadi va yetişmayotgan detallsiz omborda qoladi. Komponentlar yetkazilgandan söng, avtomobil texnologik jarayonga qaytariladi va işlab çiqariş tugallanadi.
Hozirgi paytda kompaniya komponentlari töliq bölmagan avtomobillarni saqlab turiş uçun maxsus joylarni ijaraga olgan. Kompaniya, şuningdek, mikroçiplarni yetkazib berişning qöşimça hajmlari böyiça muzokaralar olib borilmoqda. Jahonda mikroçiplarning global taqçilligi hisobga olinsa, bu juda qiyin vazifa. Detallarning kirgan partiyasi zudlik bilan töliq jihozlanmagan avtomobillarga örnatiladi, şundan söng ular öz mijozlariga topşiriladi. Ötgan davr mobaynida 11 ming donaga yaqin avtomobil şu tarzda jihozlandi, bu esa işlab çiqariş hajmini yanada oşiriş imkonini berdi.
Uşbu qaror dunyodagi yirik avtomobil işlab çiqaruvçilari GM, Toyota va boşqalarning amaliyoti asosida qabul qilindi. Qolaversa, oldindan işlab çiqarilgan avtomobillarni mikroçiplar bilan jihozlaş ança kam vaqtni talab etadi, bu esa xaridorlarning avtomobillarga bölgan yuqori talabini qondirişga imkon beradi.
AQŞ'ning Miçigandagi komponentlari töliq bölmagan Ford Bronco ombori
Komponentlarning yetişmovçiligi bilan boğliq uşbu amaliyotni Ford, Skoda kabi yirik avtomobil işlab çiqaruvçilari ham qöllaşga majbur. General Motors joriy yilning iyun oyida ular zarur bölgan butlovçi qismlarni kutiş uçun saqlaş joyiga yuborilgan 95 000 dona komponentlari töliq bölmagan avtomobillarni yiğdi. Fordning yiğilib qolgan komponentlari töliq bölmagan pikaplarini kosmosdan ham köriş mumkin.
Ford komponentlari töliq bölmagan avtomobillar omborini yaratdi, ular şunçaga yetganki, avtomobillar hatto kosmosdan körinadi
UzAuto Motors kompaniyasi işlab çiqarilayotgan avtomobillar hajmini yanada oşiriş uçun barça sa’y-harakatlarni amalga oşirayotganligini işontirib aytadi. General Motors International prezidenti Şilpan Aminning taşrifi davomida 2023-yilda işlab çiqariş hajmini 500 ming donaga, yaqin kelajakda esa 1 mln donaga oşiriş böyiça kelişuvga erişgandi. Şuningdek, kompaniya global inqirozlarning tezda hal qilinişiga umid qilmoqda. Bu esa, işlab çiqariş rejasini ortiği bilan bajariş imkonini beradi.