“UzAuto Motors” SAP Value Award xalqaro mukofotini...
Joriy yilning 7 oktabr kuni onlayn tarzda SAP Value Award xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Işlab çiqarişni rejalaştiriş va aktivlarni boşqariş sohasidagi “Işlab çiqariş 4.0” nominatsiyada “UzAuto Motors”da SAP S/4HANA dasturining amalga oşiriliş natijalari uçun “Uzavtosanoat” AJ boş nominatsiyani qölga kiritdi.
SAP Value Award mukofotining ekspertlar hay’ati "Uzavtosanoat" AJni 2021 yilda Rossiya va MDH mamlakatlari tomonidan SAPni amalga oşiriş böyiça oltita eng yaxşi keys orasidan tanlaşdi. Uşbu nominatsiyaga "Gazprom Neft", “Ruspolimet”, “Şumaxer” va “Kommunarka” kabi kompaniyalar da’vogarlik qilişgan.
2021 yilning mart oyida UzAuto Motorsda SAP S/4HANA tizimi joriy etildi. SAP bazasiga asoslangan qarorlar biznes jarayonlarni birlaştirişga, ta’minot samaradorligini oşirişga, xarajatlarni kamaytirişga va inventarizatsiya darajasini pasaytirişga yordam berdi.
SAP S/4HANA tizimini amalga oşiriş natijasida işlab çiqarişni rejalaştiriş, sotib oliş va ombordagi zaxiralarni boşqariş yagona tizim doirasida olib boriladi hamda işlab çiqariş jarayoniga ijobiy ta’sir körsatiş uçun barça bölimlarga onlayn tarzda taqdim etiladi. Bundan taşqari, kompaniyada SAP tizimining joriy etilişi uning doimiy takomillaşişi hamda rivojlanişi uçun asos böldi.
SAP Value Award – har yili MDH mamlakatlaridagi kompaniyalar örtasida ötkaziladigan nufuzli mukofot bölib, SAP qarorlaridan foydalaniş orqali erişilgan natijalar uçun beriladi. 2021-yilgi mukofot nominatsiyalari uçun "Gazprom neft", "Kasperskiy laboratoriyasi" va boşqa MDH mamlakatlarining yirik kompaniyalari iştirok etmoqda.