UzAuto Motors MDH davlatlari orasida eng yirik avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniya bölib, mintaqada öz liderlik statusini tasdiqladi. Bugun avtozavod konveyeridan 280 minginçi avtomobil çiqdi. Şunday qilib, zavodning 2020 yildagi tarixiy yillik rekordiga erişildi. Eslatib ötamiz, 2022-yilning birinçi yarim yilligida UzAuto Motors liniyadan 160 ming dona avtomobil işlab çiqarib, allaqaçon işlab çiqariş rekordini yangilagan edi.

Navbatdagi erişilgan rekord UzAuto Motors zavodining işlab çiqariş maydonida tantanali ravişda nişonlandi. Unda kompaniyaning butun jamoasi iştirok etdi.

“Uzavtosanoat” AJ boşqaruv raisi Şavkat Umurzakov yiğilgan işçi va xodimlar oldidagi çiqişida butun jamoa oldiga qöyilgan maqsadga erişişda har bir xodimning qöşgan hissasi uçun minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, joriy yilda kompaniya nafaqat avtomobilni rekord daraja işlab çiqardi, balki General Motors bilan 2023-yilda avtomobil işlab çiqariş quvvatini 500 ming donaga, uzoq muddatli istiqbolda 1 million donagaça oşiriş böyiça kelişuvga erişganini ta’kidlab ötdi.
Şavkat Umurzakov, şuningdek, Chevrolet Tracker avtomobili işlab çiqarilişini muvaffaqiyatli yölga qöyişda barça xodimlarning hissasi borligini, buning natijasida global inqiroz davrida rekord natijalarga erişilganini ham ta’kidladi. Kompaniya öz zavodlarida yangi GM GEM platformasida avtomobillar işlab çiqarişga 620 million dollar sarmoya kiritdi, buning asosida 2023-yil boşida Chevrolet Onix ham işlab çiqariladi.

Rekordlardan taşqari, joriy yilda UzAuto Motors işlab çiqarilgan avtomobillar sonining yubiley natijasini qayd etdi – 5-noyabr kuni zavod konveyeridan tört millioninçi avtomobil çiqdi.
