Mamlakatimizda kasbiga fidoyi bölgan va milliy qadriyatlarimizni keng tarğib etiş borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning bir guruhini “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlaş an’anaga aylangan.
Quvonarlisi, avtosanoat sohasida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimalar har yili mana şunday fidoyi ayollar safidan örin egallab keladi.
Joriy yilda ham UzAuto Motors korxonasida uzoq yillardan buyon faoliyat olib borayotgan Ehtiyot qismlarni sotiş direksiyasi yetakçi muhandisi Kim Valentina “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Şu munosabat bilan tizimda sidqidildan mehnat qilib kelayotgan Kim Valentinani “Özavtosanoat” AJ va tizim korxonalari jamoasi nomidan muborakbod etamiz!
Sizga oilaviy tinçlik-xotirjamlik, soğlik-salomatlik, bardavom yutuqlar va muvaffaqiyatlar kelgusidagi faoliyatingizda yanada yuqori marralarni zabt etişingizni tilab qolamiz.