UzAuto Asakadagi Xoja Abdulloh Tuğdor maqbarasini...
«UzAuto Motors» korxonasi ilk oçilgan kunlaridanoq jamoat işlari va Özbekistonning mahalliy infrastrukturasini mustahkamlaşda faol pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Bizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarimiz timsoli bölgan navbatdagi loyihalardan biri Asakadagi ziyoratgoh – Xoja Abdulloh Tuğdor maqbarasining tiklanişi böldi.
Xoja Abdulloh Tuğdor maqbarasi 1840 yilda bunyod etilgan bölib, vaqt ötişi bilan nuray boşladi va bu tarixiy majmuaning töliq buzilişi va yöqolişi xavfini yuzaga keltirdi. 2021 yilning mayida «UzAuto Motors» butun mahalliy aholi uçun qadrli bölgan muqaddas joyni tiklaş va unga avvalgi gözallik hamda uluğvorlikni qaytariş haqida qaror qabul qildi. Qiymati 2 mlrd sömga teng bölgan loyihani amalga oşiriş «Avtosanoat Injiniring» strukturaviy quriliş kompaniyasiga topşirildi. U öz navbatida majmuani tiklaş uçun butun Özbekistondan arxitektura yodgorliklarini restavratsiya qiliş böyiça mutaxassislarni jalb qildi.
Asosiy maqsad uşbu majmuaning asl körinişini saqlab qoliş edi va bu iş bir yil davom etib, yaqin kunlarda öz yakuniga yetdi. Xoja Abdulloh Tuğdor qabri va uning tevaragidagi inşootlar töliq restavratsiya qilinib, binolarning yöqotilgan qismlari qayta tiklandi, ziyoratçilar qulayligi uçun esa yozgi mavsum uçun soya qiluvçi moslamalar örnatildi.
2022 yil 7 maydagi majmuaning tantanali oçilişida viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonov boşçiligida Andijon viloyati administratsiyasi delegatsiyasi, “Özavtosanoat” AJ boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov va korxona rahbariyati iştirok etdi. Tadbirda söz olganlar arxitektura yodgorligini qayta tiklaşda kompaniya va uning xodimlari hissasi katta bölganini taʼkidlaşdi. Bugun ziyoratçilar muqaddas qadamjoga yana taşrif buyurişi, maqbaraning madaniy merosini körib, unga baho berişi va qalb tubidagi duolarini aytişi mumkin.
Biz haqli ravişda amalga oşirilgan işdan faxrlanişimiz mumkin. Uşbu tarixiy va madaniy nuqtai nazardan muhim loyiha natijasida muqaddas qadamjo andijonliklar va şahar mehmonlarini yana öziga çorlay boşlaydi.» - taʼkidladi öz nutqida Şavkat Umurzoqov.
UzAuto, ijtimoiy masʼuliyatli kompaniya bölgani holda, kelgusida ham Özbekiston madaniy va maʼnaviy merosi yodgorliklarini saqlab qolişga yordam beruvçi şu kabi loyihalarda iştirok etişni davom ettiradi.
Şuningdek, oçiliş marosimidan söng tumandagi kam taʼminlangan oilalarning 10 nafar farzandiga sunnat töyi ötkazib berildi. Töybolalarga velosiped, ularning ota-onalariga peçlar sovğa qilindi.