Toşkent politexnika muzeyida «Robot-android-2016» körgazmasi ötkazildi. 1739 yilning 24 fevralida tuğilgan fransuz mexanigi Jak de Vakanson mustaqil ovqatlana oladigan ördak yaratdi. Keyinçalik maşhur kaşfiyotçining tuğilgan sanasi robotlar kuni sifatida e'tirof etila boşlandi. Mazkur körgazmani ötkaziş uçun ham uşbu sana muhim asos böldi.
Körgazmaga qöyilgan robot-eksponatlar Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti, Andijon avtomobilsozlik instituti talabalari tomonidan yaratilgan.
Uşbu körgazma doirasida robotlarni yiğiş va ularni dasturlaş böyiça master-klasslar, Rubik kubigini yiğuvçi robotlar musobaqalari va köplab qiziqarli tadbirlar ötkazildi.
Körgazma iştirokçilari homiylarning qimmatbaho sovğalari va yutuqlar bilan taqdirlandi.