2022-yil 12-dekabr kuni CAT@ maxsus texnikaning Özbekistondagi rasmiy dileri “Zeppelin Central Asia Machinery” MÇJ va Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti örtasida özaro manfaatli hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolandi.






Uşbu memorandum tomonlarning ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi uzoq muddatli özaro manfaatli hamkorligini mustahkamlaş, şuningdek, universitet qoşida Caterpillar öquv markazini oçişga qaratilgan. Mazkur öquv markazda talaba va korxona xodimlari jahonning eng yirik işlab çiqaruvçilaridan birining greyder simulyatorida yöl quriliş texnikasini ekspluatatsiya qilişni örganadilar.
Öquv markazi negizida Caterpillar va Zeppelin kompaniyalari vakillari iştirokida ilmiy-metodik seminarlar, mehmon ma’ruzalari va boşqa tadbirlar ötkaziş rejalaştirilgan.
Oçilişda “Zeppelin Central Asia Machinery” XK hamda Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti rahbariyati, şuningdek, AQŞ elçixonasi, Olmazor tumani hokimligi va AHK Germaniya savdo kompaniyasi vakillari iştirok etdi.

“Caterpillar toğ-kon sanoati va quriliş uskunalari böyiça dunyodagi yetakçi işlab çiqaruvçi bölib, u yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida Özbekistonda özining eng yirik global dileri Zeppelin Uzbekistan orqali taqdim etilgan. Uşbu öquv markazining ahamiyati şundaki, u talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantirişga yordam beradi va öz sohasi böyiça yuqori malakali va tan olingan mutaxassislardan bilim olib, professional jihozlardan foydalaniş imkonin beradi”, deydi texnika fanlari doktori, Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti rektori Jamşid Inoyatxodjaev.

“Sönggi yillarda biz Özbekiston ta’lim sohasini rivojlantiriş, quriliş va yöl xöjaligida malakali mutaxassislarni tayyorlaşga qaratilgan loyihalar ustida faol iş olib bormoqdamiz. Biz nafaqat universitetlarni moddiy-texnik jihozlaş böyiça yordam berişga, balki töplangan tajribamizni töliq baham körişga va öquv jarayonida iştirok etişga intilamiz. Öz navbatida, talabalar va bölajak mutaxassislar bilan muloqot sohaga yangiça qaraşimizga yordam beradi”. – deydi “Zeppelin Central Asia Machinery” MÇJ boş direktori Mixail Kontsevenko.



Zeppelin Uzbekistan Toşkentdagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda 2023-yilga möljallangan keyingi hamkorlik rejasini işlab çiqdi.
