Söngra, “Аgrotechklaster” xamda “Dong Feng” kompaniyasi mutaxassislari hamkorligida işlab çiqarilayotgan TAT DF 904 va TAT DF 903 milliy traktorlari dala sinovidan ötkazildi. Agrotexnik tadbir davomida fermerlar mazkur traktorlarning vazifasi, texnik imkoniyatlari, samardorligi hamda afzalliklari bilan tanişiş imkoniyatiga ega böldilar.
Sinov işlari muvaffaqiyatli yakunlangaç, bir neça fermerlarning milliy traktorlar haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.
? "Avvalgi traktorimiz kabinasida juda qiynalardim. Rul boşqaruvi murakkab, tormoz tizimi ham qattiq va tez işdan çiqardi. Eşiklaridagi detallarni har 4 - 5 oyda almaştirar edim. Bugun biz sinovdan ötkazgan traktorlar esa har tomonlama juda qulay ekan. Menga yoqqan jihati, eşiklari va rul tizimi gidravlika. Tormoz tizimi esa suyuqlikda bölib, muftani bosiş qulay va yumşoq ekan".
— "Men 15 yildan beri qişloq xöjaligi sohasida faoliyat yuritaman. Avval yozning jaziramasida işlab bölmas edi va biz köp vaqt yöqotar edik. TAT traktorlarining konditsioner va termoizolyatsiya tizimi taşqaridagi issiq havo va çangni taşqaridan kabinaga umuman kiritmas ekan. Şu bois, endi iş unumdorligi oşiriş maqsadida traktorlar parkini mana şu traktorlar bilan boyitişni maqsad qildik".
— "TAT traktori bemalol 3 metrli lazer yer tekislagiçni tortib körsatdi. Çizelni 3 hil tezlikda tortdi, bizga juda ma'qul. Bu solyarka kamroq sarflanişi va işni tezroq tugatişimizga yordam beradi. Hatto 3 korpusli omoçni ham bemalol tortar ekan. Qoyil, 10 ot kuçi farqi ham şunça afzallik berar ekan. Traktor yoqdi, mehnat unumdorligini oşiradi, kam harajatli texnika. 4ta traktorga şartnoma tuzdim" — dedilar fermer akalarimiz.
Ha, kun böyi qattiq rulni boşqariş, qattiq tormoz sistemasini bor kuç bilan bosiş, uning ustiga esa, issiq kabinada işlaş juda murakkab jarayon va qator noqulayliklar tuğdiradi. Bu vaziyatda konsentratsiyani saqlaş öta qiyin.
Biz uşbu muammolarni bartaraf etiş maqsadida Siz uçun yangi, innovatsion va zamonaviy traktorlarimizni yaratdik. "Agrotechklaster" tomonidan işlab çiqarilayotgam TAT DF traktorlari mehnat unumdorligini oşiradi va ekpluatatsiya davomidagi xarajatni 4 - 5 marta kamaytiriş imkoniyatiga ega.
✅ Eslatib ötamiz, texnikalar xaridi uçun 15% lik subsidiya mavjud. Bundan taşqari kredit va lizing stavkasi uçun ham 10% dan yuqori punktini qoplaş böyiça subsidiya olişingiz mumkin!