Diyor Muxamedov 1985-yilda tugʻilgan, Avstriya davlatining Vebster universitetining bakalavr bosqichini hamda Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali magistr bosqichini “Biznes boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, “BYD Uzbekistan Factory” masʼuliyati cheklangan jamiyatida Moliya boʻyicha direktor lavozimida faoliyat yuritgan.
Diyor Muxamedov, Toshkent shahar hokimligining 1-toifali iqtisodchisi lavozimidan boshlab, Moliya vazirligining bir qator masʼuliyatli lavozimlarida ham faoliyat yuritgan. Keyinchalik “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” qoʻshma korxnasida Moliya boʻyicha bosh menejer va Bosh direktor oʻrinbosari, “Humans” masʼuliyati cheklangan jamiyatida Moliya va kredit mahsulotlari direktori lavozimlarida ishlab, oʻz sohasi boʻyicha yetarli ish tajribasiga ega boʻlgan malakali mutaxassis hisoblanadi.
Yangilandi: 2025-01-16