Davron Xidoyatov 1976-yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.
Mazkur tayinlovga qadar Davron Xidoyatov Toshkent viloyati Chirchiq shahri hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Davron Xidoyatov avtomobilsozlikning boshqaruv sohasida qolaversa, ayni yo‘nalishda ko‘p yillik ish tajribasiga ega. Turli yillar mobaynida "UzTruck and Bus Motors" (avvalgi "JV MAN Auto-Uzbekistan") kompaniyasini boshqargan, shuningdek, "UzAuto Motors" AJ (avvalgi "General Motors Uzbekistan") da Moliya masalalari bo‘yicha boshqaruvchi direktor sifatida ishlagan.
Bundan tashqari, Davron Xidoyatov bank sohasida, jumladan, xorijda "Asia Invest Bank" boshqaruvi bo‘yicha katta tajribaga ega.
2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan. 2017-yildan boshlab turli davrlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi, so‘ngra Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari, Toshkent viloyati hokimi, keyin esa Chirchiq shahar hokimi lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.