“UzAuto Motors Powertrain” maqbul quvvat va optimal yoqilği sarfi uçun möljallangan benzin va ikki xil yonilğili (benzin / gaz) B-DOHC (Double Overhead Camshaft) ikkinçi avlod dvigatellarini işlab çiqaradi. Ular Özbekiston bozori uçun möljallangan bölib, şuningdek, Rossiya, AQŞ va MDH davlatlariga ham eksport qilinadi. Dvigatellar 1,2 litr va 1,5 litr hajmda Chevrolet Spark, Cobalt, Gentra, Nexia3 modellari uçun işlab çiqariladi.
“UzAuto Motors Powertrain” şuningdek, dvigatelning asosiy tarkibiy qismlari: tirsakli val, silindr bloki, silindr bloki kallagini işlab çiqarişga ixtisoslaşgan va bu zavod işlab çiqariş jarayonining bir qismi hisoblanadi. Mahsulotlar sifat standartlari böyiça jahon talablariga va GM - GMS (Global Manufacturing System) işlab çiqariş tizimi talablariga javob beradi.
Kompaniyaning asosiy xususiyati uning Markaziy Osiyoda silindr bloki uçun alyumin kallagi qismlari işlab çiqaradigan birinçi va yagona zavod ekanligidir. Quyiş va yiğiş bölimlari bir joyda joylaşgani va bu tarkibiy qismlarni taşiş narxini pasaytirişi zavodning haqiqatan ham noyob işlab çiqariş ekanligini tasdiqlaydi.
Bizning missiyamiz - xavfsizlikka rioya qilgan holda bir jamoa bölib, işlab çiqariş tizimini doimiy ravişda takomillaştiriş orqali jahon darajasidagi dvigatellarni yetkazib beriş bilan mijozlar talabini kutilgandan ham yuqori darajada qondiriş. “UzAuto Motors Powertrain” soğlikni saqlaş va xavfsizlik tizimini birinçi darajali vazifa sifatida körib, mehnat muhofazasi va xavfsizlik tizimiga rioya etişga va uni takomillaştirişga intiladi. Bizning xavfsizlik böyiça şiorimiz: "Har bir xodim öz uyiga soğ-salomat qaytişi lozim. Har işdan. Har sohadan. Har kuni".
Barça “UzAuto Motors Powertrain” xodimlari GM kompaniyasining global işlab çiqariş jarayonlarini örgangan va puxta tayyorgarlikdan ötgan. Köplab mutaxassislar çet elda malaka oşirib, GM ning boşqa korxonalarida tajriba orttirişgan. Bizning kompaniya katta yölni bosib ötdi va integratsiyalaşgan sifatning yuqori darajasiga kötarildi va şu orqali 2014-yilda ISO 9001 sifat sertifikati, 2015-yilda General Motors "BIQ 3" va 2018-yilda "BIQ 4" sifat sertifikatiga erişdi.
“UzAuto Motors Powertrain” atrof-muhitni muhofaza qilişga ham katta ahamiyat beradi. 2014-yilda kompaniya ekologik menejment tizimini joriy qildi va ISO 14001 xalqaro sertifikatiga ega böldi. 2018-yilda esa energiya sarfini kamaytiriş va energiya tejaş madaniyatini oşirişga erişgan holda ISO 50001 energiya menejmenti tizimini joriy etdi. Kompaniyada oqava suvlarni tozalaş uçun noyob inşoot örnatilgan bölib, bu oqava suvlar tarkibidagi neft mahsulotlari miqdorini yuqori darajada tozalaş imkonini beradi.
“UzAuto Motors Powertrain” Özbekiston avtomobillari uçun jahon sifat standartlariga mos keladigan dvigatellarni işlab çiqaruvçi eng yaxşi işçilarni yollovçi va iqtisodiyot rivojiga munosib hissa qöşib kelayotgan mamlakatimizning yetakçi korxonalaridan biri ekanligidan faxrlanadi.
Boşqaruvçi direktor - Gulyamov Saidazim Mirkamiloviç
Call markaz raqami: +998712806492
Veb sayt: https://umpt.uz/
E-mail: info@umpt.uz
Yangilandi: 01-02-2025