Murojaatlarga javoblar: avtomobil sotib oliş şartn...
Hurmatli telegram kanal admini, avvalo murojaatingiz uçun minnatdorçilik bildiramiz. Hamda sizdan murojaatçining ismi şarifi yoki bölmasa avtomobil uçun tuzgan şartnoma raqamini keltirişingizni iltimos qilib söragan bölar edik. Bunday şaxsi noma’lum murojaatga javob beriş imkonsiz. Agar siz haqiqatdan ham murojaatçiga yordam bermoqçi bölsangiz, murojaat qiluvçi şaxsini aniq keltirişingizni yoki avtomobil sotib oliş şartnoma raqamini körsatişingizni söraymiz. Sizning murojaatingiz yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Sönggi ikki yil içida avtomobil bozori COVID-19 pandemiyasining oqibatlari, mikroçiplar inqirozi, logistika va geosiyosiy vaziyat kabi bir qator global muammolarga duç keldi. Uşbu kataklizmlar dunyodagi barça avtomobil işlab çiqaruvçilariga öz ta'sirini körsatdi. Işlab çiqariş hajmini sezilarli darajada kamaytirişga, opsiyalarni qisqartirişga va hatto zavodlarni töxtatişga majbur qildi.
UzAuto Motors global inqiroz davrida işlab çiqariş hajmi sezilarli darajada oşganiga qaramay, şu bilan birga muhim butlovçi qismlarning keskin taqçilligini boşdan keçirişda davom etmoqda. Xaridorlarga deyarli tayyor ammo birgina zaruriy butlovçi qismlarsiz avtomobillarni topşiriş imkonsiz. Sizning avtomobilingiz ham deyarli tayyor holda turibdi, lekin amalga oşirilgan kompleks çora-tadbirlarga qaramay, Özbekistonga yetkazib berilişi kerak bölgan mikroçiplardan iborat zaruriy detallarni kutmoqda.
Afsuski, kompaniya avtomobil işlab çiqaruvçiga boğliq bölmagan holatlar tufayli, avtomobil sotib oliş şartnomasining 3.1.1-bandga muvofiq, avtomobilni yetkazib beriş muddati 3.1-bandda körsatilgan muddatdan 45 kunga uzaytirişga majbur bölganligi tögrisida mijozlarga ma’lum qildi. Ammo uşbu muddat böla turib, kompaniya amalga oşirgan çora-tadbirlari sababli, avtomobillar mijozlarga yetkazib beriş bosqiçida. Biroq murojaatçining şaxsi noma’lum bölganligi sababli, sizning şartnomangiz qaysi bosqiçda ekanligiga uçun aniqlik kiritişning imkoni bölmadi.